Tajriba ko'rsatadiki, boshlagan ishini sabr-toqat bilan mustaqil ravishda tinmay izlanish orqali oxiriga yetkazadiganlargina hayotda ko‘zlagan maqsadlariga erishadilar. 0‘quvchi-talabalarda ana shu xislatni tarbiyalashda mustaqil ishlarni tashkil etish o‘ziga xos alo- hida o‘rin tutadi. Undan tashqari, hozirgi kunda axborot oqimini nihoyatda kattaligi, fan-texnika taraqqiyoti tufayli o‘qituvchi qanchalik mohir bo‘lmasin, dars jarayonida fan bo‘yicha barcha bilim, axborotlarni 0‘quvchi - talabalarga yetkaza olmaydi. Uni toidirishning yagona yo‘li o‘quvchi, talabalaming o‘z ustilarida mustaqil ishlashlaridir. Mustaqil ishlashning yana bir ijobiy tomoni u mustaqil fikrlashni ham rivojlantiradi. Shuning uchun ham hozirgi kunda o‘quvchi, talabalarni mustaqil ishini tashkil etishga alohida diqqat qaratilmoqda. Mazkur bob mustaqil ishlash, uni tashkil etish turlari va xususiyatlarini oTganishga bag‘ishlanadi.