Iqtisodiy paradokslar va topishmoqlar tanlovi metodi —
o'quvchi, talabalarni keng qamrovli ijtimoiy-iqtisodiy muammo-
larni aniq va izchil tassawur qilish, fikr yuritish, iqtisodiy konsepsiyalarni tushunish, real hayotda qoilashni o'rganishlarini shakllantirishga yo'naltirilgan metod.
Iqtisodiy fanlarni o‘qitish metodikasi (uslubiyati)— iqtisodiy- nazariy ta’lim berishning qonuniyatlari, fanni o'qitish, o'rganishda qo'llaniladigan turli metodlar va ulami dare jarayonida qo'llashni o'rganuvchi fan.
Iqtisodiy faoliyat — insonning ehtiyojini qondirish, ya’ni tirik- chilik, hayot kechirishini ta’minlashning vosita va usullari majmui.
Kasbiy bilimdonlik — pedagogik faoliyat yuritish uchun zarur bo‘lgan nazariy va amaliy tayyorgarlik birligi.
Kasb-hunar kolleji — o'quvchilarning kasb-hunarga moyilligi, mahorat va malakasini chuqur rivojlantirishni, tanlagan kasblari bo'yicha bir yoki bir necha ixtisos olishni ta’minlaydigan o'rta maxsus, kasb-hunar o'quv yurti.
Kasbiy-pedagogik muloqot— pedagog va tarbiyalanuvchining o'zaro uzluksiz, doimiy hamkorlik ijtimoiy-psixologik aloqasi tizimi bo'lib, uning mazmuni axborotlar ayirboshlash, tarbiyaviy ta’sir o'tkazish, kommunikativ vositalar yordamida o'zaro munosabat- larni tashkil etish hisoblanadi.
Kasbiy tayyorgarlik — bo'lajak mutaxassisning psixologik, jismoniy hamda ilmiy-nazariy va amaliy tayyorgarligi.
Keys stadi metodi «sase study method»— o'quvchi-talabalarni qaror qabul qilishga o'rgatishda muammoli vaziyat hosil qilib, uni yechishni o'rganish metodi.
Kitob ustida mustaqil ishlash metodi — o'quv axborotini o'quvchi-talaba uning o'ziga xos sur’atda va qulay vaqtda olishini ta’minlashini hisobga olib, kitob ustida mustaqil ishlashni o'rgatish asosida fanni o'rganishga qaratilgan metod.
Kichik guruhlarga bo‘lib dars o'tish metodi— guruhni ma’lum bir mezonlar asosida 3—6 o'quvchi-talabadan iborat kichik guruhlarga bo'lib, ularni hamkorlikda ishlash, bilish jarayonini puxta- lashtirish, boshqalarning fikrini eshitishga o'rgatadigan, mas’uliyat talabalar zimmasiga yuklanib, ular faolligini oshirishga qaratiladigan dars o'tish metodi.
Klaster (axborotlarni yoyish) metodi— keng qamrovli fikr yu- , ritish, o'rganilayotgan tushuncha (kategoriya, hodisa)lar, g'oyalar o'rtasida muhim bo'lgan bog'lanishlarni aniqlash, keng ko'lamli fikr yuritish malakasini shakllantirishga qaratilgan metod, pedagogik strategiya.