D. V. Rasulova I. Xotam ov X. S. Asatullayev


John Maurice Clark. 1918, Lawrence Abbott, Columbia University Press: 1955, Michael



Yüklə 19,43 Kb.
Pdf görüntüsü
səhifə31/78
tarix03.12.2023
ölçüsü19,43 Kb.
#172221
1   ...   27   28   29   30   31   32   33   34   ...   78
D. V. Rasulova. Biznesni tadqiq etish usullari. 2019

28 John Maurice Clark. 1918, Lawrence Abbott, Columbia University Press: 1955, Michael
Spence, 1976. Maurice Stucke, 2013
5 9


darajada muvofiqligini o ‘rganishga asoslansa, fransuzlar modelida 
“ marketing bo‘yicha raqobat” y a ’ni korxonaning marketing faoliyatiga 
ishlab chiqarish qay darajada muvofiqligi tekshiriladi. Raqobatbar- 
doshlikni baholashning amerikacha modelining asosiy xususiyati esa 
korxonaning bozorda egallab turgan mavqeyi va uning bozor 
imkoniyatlari baholanadi. Yevropa Ittifoqi mamlakatlarida esa raqobat- 
bardoshlikning eng ishonchli k o ‘rsatkichi sifatida korxonalaming uzoq 
vaqt davomidagi mahsuldorligi va samaradorligining saqlanib turish 
qobiliyatiga ko‘ra baholash ko‘proq uchraydi29. Raqobatbardoshlikni 
baholash nazariyalaridan chetlashmagan holda mahsulot raqobatbar- 
doshligi bozor subyektining raqobatbardoshligining asosini tashkil 
etadi degan fikr mukammal raqobat sharoitida u qadar to ‘g ‘ri emasligi 
ilmiy adabiyotlarda keng talqin qilinmoqda30. Shuningdek, raqobat 
nazariyalarida tovar raqobatbardoshligi, korxona raqobatbardoshligi, 
tarmoq va mintaqa raqobatbardoshligi o ‘zaro bog‘liq va bir-birini 
to ‘ldiruvchi bo ‘lganligi sababli, ulami baholashni o ‘zaro bog‘liq 
uslublarini ishlab chiqishni taqozo etmoqda31. Korxona raqobatbar­
doshligi kengroq tushuncha sanaladi va ishlab chiqarilayotgan 
mahsulotlardan tashqari faoliyatning ko‘plab jihatlari: marketing, 
menejment, moliya siyosati, brending imkoniyatlari, kommunikatsiya, 
transport, logistika siyosati va boshqalami o ‘z ichiga oladi. Korxonalar 
raqobatbardoshligini tahlil qilish davomida xalqaro raqobatbardoshlik 
umumiy tamoyil va konsepsiyalarini qoMlash yetarlicha asoslangan 
hisoblanishi fikrimizcha, bir mamlakat doirasida faoliyat yurituvchi 
monopol korxonalar uchun muvofiqligini nazarda tutish lozim deb 
hisoblaymiz.
Korxona raqobatdoshligiga to‘laqonli baho berishga asoslangan 
samarali raqobat nazariyasi usulida mahsulot ishlab chiqarish, sotish va 
moliyaviy boshqaruv tizimini yaxshi tashkil qilingan korxonaning 
raqobatdoshlik darajasi yuqori hisoblanadi. M etodikada ekspertlaming 
bosqichma-bosqich 
taqqoslash 
usuli 
yordamida 
aniqlangan 
raqobatdoshlikning to ‘rt guruh ko‘rsatkichlari yoki mezonlariga: 
korxonaning ishlab chiqarish faoliyatini belgilovchi samaradorlik,
29 Birhan Getaneh. 2011 . p 11.
30 Nordas, H. K World and I, 7(1) 2014.
31 Lee, Juyoung 2013. Graduate Thses and Dissertations. Paper 13517.
6 0


korxonaning moliyaviy ahvolini belgilovchi samaradorlik, tovami 
sotish va bozorda ilgari surishni tashkil qilish samaradorligi va 
tovam ing raqobatdoshligiga asoslanadi. Korxonaning ikkita va faqat 
ikkita asosiy funksiyasi mavjud: marketing va innovatsiya ekanligini 
inobatga olinganda innovatsion faoliyat asosiy raqobatbardoshlik omili 
sifatida k o ‘rilishi maqsadga muvofiq deb hisoblaymiz32. Korxona 
raqobatbardoshligini uning operatsion samaradorligi va strategik 
joylashtirish kabi muhim tarkibiy qismlardan iboratligi va uni 
baholashning 
asosiy 
omili 
sifatida 
tashqi 
muhim 
omillariga 
korxonaning moslashish indekslarini va ikkinchi bosqichda strategik 
joylashtirish omillarini indekslarini hisoblash orqali raqobatbar- 
doshlikni baholash usullari kiritilgan.
Fikrimizcha, yengil sanoat korxonalari 
raqobatbardoshligini 
baholashni 3 darajada: opertsion faoliyati, innovatsion faoliyati va 
ulami korxonaning bozorga moslashishidagi ta’sirini belgilash orqali 
amalga oshirilsa maqsadga muvofiq. Raqobatbardoshlikni baholash 
bo'yicha keltirilgan usullaming aksariyatida korxona operatsion 
faoliyatlari samaradorligiga asosiy u rg ‘u berilib uning moliyaviy 
natijalariga (asosiy vositalar, aylanm a mablagMar va nomoddiy 
aktivlar) asoslanilgan. Biroq, korxonalar faoliyatining mazmunan 
bozorda faoliyat yuritilishini nazarda tutilganda uning marketing va 
innovatsion faoliyatlari korxonaga foyda keltiruvchi o ‘ta muhim 
omillar hisoblanadi. Shu nuqtayi nazardan taklif etilayotgan uslubiyot 
korxona 
raqobatbardoshligini 
baholashning 
samarali 
ekanligini 
ko‘rsatib beradi. Korxonaning bosh maqsadi ishlab chiqarish emas, 
balki bozorda yuqori foyda va nufuzga intilish hisoblanadi. Bu 
maqsadlar esa korxonaning marketing faoliyatini ifodalaydi va shunga 
muvofiq holda ishlab chiqarishni tashkil etadi va uni bozorga moslab 
olib boradi. Korxonaning barcha maqsadlari faqat tovarlar taklifiga 
yo ‘naltirilganligini hisobga olinganda marketing faoliyati ana shu 
jarayonlam i muvofiqlashturuvchisi ham deyish mumkin. Sababi, ishlab 
chiqarish, savdo, ta ’minot, moliya - bulam ing barchasini ish faoliyati 
maqsadli bozorga yo‘naltiriladi va marketing orqaligina o ‘z natijasini 
oladi.
32
Drucker P.F. 2007, Management: tasks, responsibilities, practices, Transaction Publishers, 
New Brunswick, N.J.; London.
61


Demak, korxona raqobatbardoshligining yakuniy maqsadi sifatida 
uning bozorga moslashish holatini ifoda etuvchi ko‘rsatkichni qabul 
qilish maqsadga m uvofiq deb hisoblaymiz.

Yüklə 19,43 Kb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   27   28   29   30   31   32   33   34   ...   78




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin