D xolboyev, U. N. Ibragimov moliyaviy hisob


Moliyaviy hisobotning shakllari



Yüklə 5,65 Mb.
Pdf görüntüsü
səhifə116/152
tarix14.12.2023
ölçüsü5,65 Mb.
#179633
1   ...   112   113   114   115   116   117   118   119   ...   152
Moliyaviy hisob [@iqtisodchi kutubxonasi]

11.2. Moliyaviy hisobotning shakllari,
ularni toidirish va taqdim etish tartibi
0 ‘zbekiston Respublikasining «Buxgalteriya hisobi to ‘g ‘risi- 
da»gi Q onunining 22-moddasi va BHMA-1 — «Hisob siyosati 
va moliyaviy hisobot», «Moliyaviy hisobot shakllarini to ldirish 
b o ‘yicha qoidalar» ham da 0 ‘zbekiston Respublikasi Birinchi Pre- 
zidentining 2012-yil 16-iyulidagi «Moliyaviy hisobot shakllarini 
tubdan qisqartirish» to ‘g‘risidagi fannoniga asosan moliyaviy hi­
sobot tarkibiga quyidagi shakllar kiradi:
1. Buxgalteriya balansi — 1-shakl.
194


2. Moliyaviy natijalar to ‘g‘risidagi hisobot — 2-shakl.
3. Pul oqimlari to ‘g‘risidagi hisobot — 4-shakl.
4. Xususiy kapital to ‘g‘risidagi hisobot — 5-shakl.
5. Moliyaviy hisobotga tushuntirish xati.
6. Auditorlik xulosasi.
Kichik korxona, m ikrofirm alar, ferm er xo‘jaliklari yuqori- 
dagilarning 1, 2-shakllarini yiliga bir m arta — yil oxirida taqdim
etadilar.
«Buxgalteriya hisobi to ‘g‘risida»gi Q onunning 19-moddasiga 
binoan moliyaviy hisobot quyidagilarga taqdim etiladi:
— soliq organlariga;
— ta ’sis hujjatlariga muvofiq mulkdorlarga;
— Davlat statistika organlariga;
— qonun hujjatlariga muvofiq boshqa organlarga.
0 ‘zbekiston Respublikasi Birinchi Prezidentining 2012-yil
16-iyuldagi «Statistik, soliq, moliyaviy hisobotlarni, litsenziya- 
lanadigan faoliyat turlarini va ruxsat berish tartib-taom illarini 
tub d an qisqartirish chora-tadbirlari to ‘g ‘risida»gi F arm onida 
ta ’kidlanganidek: «Hozirgi vaqtda ... statistik, soliq va moliyaviy 
hisobotlarning mavjud tizimi katta bo ‘lib, tubdan soddalashtirish 
va isloh qilishni talab etadi».
Ushbu holatdan kelib chiqib farm onda ta ’kidlanishicha, davlat 
statistika moliya, soliq hisobotlaridagi bir-birini takrorlovchi 
shakllarni birlashtirish evaziga hisobotlar m iqdorini, shuningdek, 
ularni taqdim etish davriyligini, belgilangan muddatlarini qisqar­
tirish to ‘g‘risida gap boradi.
Farm onda qayd etilishicha, 2014-yilning oxiriga qadar barcha 
tadbirkorlik subyektlari statistik, soliq va moliyaviy hisobotlarni 
topshirishning elektron tizimiga to ‘la hajmda bosqichm a-bosqich 
o ‘tkazilishini ta ’minlash belgilangan.
Korxonaning yillik moliyaviy hisoboti mulkchilik shaklidan 
q at’i nazar yuqori tashkilot va boshqa foydalanuvchilarga hisobot 
yilidan keyingi yilning 15-fevraligacha bo‘lgan muddatga taqdim 
etilishi shart.
195



Yüklə 5,65 Mb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   112   113   114   115   116   117   118   119   ...   152




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin