Da Oʻzbekiston Respublikasi Oliy va oʻrta maxsus taʼlim vazirligining 2022-yil davomida qabul qilingan Hayʼat Kengashi qarorlarida berilgan topshiriqlar ijrosi boʻyicha bajarilgan ishlar toʻgʻrisida maʼlumot



Yüklə 170,51 Kb.
səhifə1/15
tarix22.10.2022
ölçüsü170,51 Kb.
#65813
  1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   15
2-32-2 ilova 1 (3)



_______________________________________________da Oʻzbekiston Respublikasi Oliy va oʻrta maxsus taʼlim vazirligining 2022-yil davomida qabul qilingan Hayʼat Kengashi qarorlarida berilgan topshiriqlar ijrosi boʻyicha bajarilgan ishlar toʻgʻrisida
MAʼLUMOT





Hujjatdagi bandi va belgilangan vazifalar

Bajarish muddati

Ijro uchun masʼullar
/
Lavozimi, F.I.Sh.

Amalga oshirilgan ishlar

....

...

...










Oʻzbekiston Respublikasi Oliy va oʻrta maxsus taʼlim vazirligining joriy yil 11-iyun kuni “Iqtisodiyot tarmoqlari, aholi va ijtimoiy soha obyektlarida qayta tiklanuvchi energiya manbalarini keng joriy etish chora-tadbirlari”ga bagʻishlangan kengaytirilgan yigʻilishda oliy taʼlim sohasiga oid berilgan topshiriqlar ijrosini taʼminlash toʻgʻrisida”gi 6/1-sonli Hayʼat qarori




2.2-band. Elektr-energiyadan samarali foydalanish, uni iqtisod qilish boʻyicha tizimli chora-tadbirlarni amalga oshirish;

doimiy

OTMlar





2.3-band. mazkur yoʻnalishda mutaxassislar tayyorlaydigan oliy taʼlim muassasalari elektr-energiyadan samarali foydalanish, uni iqtisod qilish, muqobil energiya vositalarini tatbiq etishga qaratilgan ilmiy loyihalarni koʻpaytirish chorasini koʻrish;

doimiy

OTMlar





2.4-band. 2022-yil yakuniga qadar xar bir oliy taʼlim muassasalarida kamida bittadan talabalar turar joyi va undagi suv isitish tizimlari hamda oʻquv majmuasini muqobil energiya vositalaridan foydalanish chorasini koʻrish;

31.12.2022-y.

OTMlar





2.5-band. muassasalarda mavjud yer maydonlaridan samarali foydalanish;

doimiy

OTMlar





2.6-band. korrupsiya holatlarining oldini olish hamda unga yoʻl qoʻymaslik, 2022/2023 oʻquv yili uchun oʻtkaziladigan shaffof tarzda oʻtkazilishini taʼminlash;

01.09.2022-y.

OTMlar





2.7-band. 2022/2023 oʻquv yilida talabalar oʻqishini koʻchirish, magistraturaga qabul jarayonlarida kutilayotgan oʻzgarishlar boʻyicha ommaviy axborot vositalarida chiqishlarni tashkillashtirish;

10.08.2022-y.

OTMlar





2.8-band. uch kun muddatda 2022-yilda muassasa obyektlarida muqobil energiya manbalarini qoʻllash yuzasidan kafolat xatlarini taqdim etsin.

13.06.2022-y.

OTMlar





3-band. Toshkent jurnalistika va ommaviy kommunikatsiyalar universiteti, Toshkent shahridagi “D.I.Mendeleyev nomidagi Rossiya kimyo-texnologiya universiteti” Federal davlat byudjeti oliy taʼlim muassasasi filiali Toshkent shahridagi Singapur menejmentini rivojlantirish instituti qabul jarayonlari boshlanganga qadar Press-klub tashkil etish chorasini koʻrish

01.08.2022-y.

OTMlar




Oʻzbekiston Respublikasi Oliy va oʻrta maxsus taʼlim vazirligining joriy yil 11-iyun kuni “Oliy taʼlim muassasalarida chet tili oʻqituvchilarining xorijiy tilni bilish boʻyicha xalqaro sertifikatlarga ega boʻlish koʻrsatgichlarining tahlili toʻgʻrisida”gi 6/2-sonli Hayʼat qarori


3.2-band. uch kun muddatda S1 darajadagi milliy yoki unga mos darajadagi xalqaro sertifikatga ega boʻlmagan chet tili oʻqituvchilar roʻyxatini shakllantirish va ular bilan uchrashgan holda mazkur qarorning mazmun-mohiyatini yana bir bor tushuntirish;

13.06.2022-y.

OTMlar





3.3-band. S1 darajadagi milliy yoki unga mos darajadagi xalqaro sertifikatga ega tajribali oʻqituvchilar salohiyatidan samarali foydalangan holda mahorat darslari, seminar-treninglar hamda maxsus kurslar tashkil etish va ularning mehnatlarini munosib ragʻbatlantirish;

doimiy

OTMlar





3.4-band. joriy yilning sentyabr oyiga qadar oliy taʼlim muassasalarida faoliyat yuritayotgan barcha chet tili oʻqituvchilarining S1 darajadagi milliy yoki unga mos darajadagi xalqaro sertifikatga ega boʻlishlari uchun barcha chora-tadbirlarni amalga oshirish va haftalik monitoringini olib borish;

01.09.2022-y.

OTMlar





3.5-band. amalga oshirilgan ishlar toʻgʻrisidagi maʼlumotlarni har oyning yakuni boʻyicha vazirlikning Malaka oshirish va qayta tayyorlashni tashkil etish boshqarmasi (F.Esanboboyev)ga taqdim etilishini taʼminlash vazifalari yuklatilsin.

har oy yakunida

OTMlar




Oʻzbekiston Respublikasi Oliy va oʻrta maxsus taʼlim vazirligining joriy yil 11-iyun kuni “Oliy va oʻrta maxsus taʼlim vazirligi tizimidagi oliy taʼlim muassasalari va ilmiy tashkilotlarda oliy taʼlimdan keyingi taʼlim institutlarini ochish toʻgʻrisida”gi 6/3-sonli Hayʼat qarori


2.2-band. Ochilayotgan oliy taʼlimdan keyingi taʼlim institutlarining “Oliy taʼlimdan keyingi taʼlim toʻgʻrisidagi Nizom” talablari asosida samarali faoliyatini taʼminlash, doktorantlar va mustaqil izlanuvchilar tomonidan doktorlik dissertatsiyalarining oʻz muddatida himoya qilinishi yuzasidan tegishli chora-tadbirlarni amalga oshirish;

Belgilangan muddatlarda

OTMlar





2.3-band. Tashkilotlar huzurida tuzilgan Ilmiy darajalar beruvchi ilmiy kengashlarga Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasi huzuridagi Oliy attestatsiya komissiyasi tomonidan ishlab chiqilgan “Ilmiy darajalar beruvchi ilmiy kengash toʻgʻrisidagi Nizom”, “Ilmiy darajalar berish tartibi toʻgʻrisidagi Nizom”, “Malakaviy imtihonlarni oʻtkazish tartibi toʻgʻrisidagi Nizom”, “Ekspert kengashi toʻgʻrisidagi Nizom”ga muvofiq ochilayotgan oliy taʼlimdan keyingi taʼlim institutlarining faoliyatini boshqarish vazifalari yuklatilsin.

Belgilangan muddatlarda

OTMlar




Oʻzbekiston Respublikasi Oliy va oʻrta maxsus taʼlim vazirligining joriy yil 14-iyuldagi “Oʻzbekiston Respublikasi Oliy va oʻrta maxsus taʼlim vazirligining 2022-yil II yarim yillik ish rejasini tasdiqlash toʻgʻrisida”gi 7/1-sonli Hayʼat qarori


3-band. Vazirlik tizimidagi boʻlinmalar, tashkilotlar, hududiy boshqarmalar, oliy taʼlim muassasalari va filiallar rahbarlari 3 kun muddatda oʻz ish rejalarini vazirlikning ushbu qaror bilan tasdiqlangan ish rejasiga muvofiqlashtirish hamda har oylik shaxsiy ish rejalarini tasdiqlash amaliyotini davom ettirsin.

17.07.2022-y.

har oyda


OTMlar




Oʻzbekiston Respublikasi Oliy va oʻrta maxsus taʼlim vazirligining joriy yil 14-iyuldagi “Oliy, professional va oʻrta maxsus taʼlim tizimida 2022-yilning birinchi yarmi davomida jismoniy va yuridik shaxslarning murojaatlarini koʻrib chiqish natijalari toʻgʻrisidagi 7/2-sonli Hayʼat qarori


3.2-band. Oʻn kun muddatda murojaatlar bilan ishlashning ahvoli tanqidiy muhokama qilinsin, xato va kamchiliklarga yoʻl qoʻygan masʼul xodimlarga nisbatan qonun doirasida tegishli choralar koʻrilsin hamda natijasi haqida vazirlikning Ijro intizomini taʼminlash va murojaatlar bilan ishlash boshqarmasiga axborot kiritilsin;

24.07.2022-y.

OTMlar





3.3-band. Oʻn besh kun muddatda murojaatlar bilan ishlash holati tahlil qilinsin, mavjud xato va kamchiliklarning sabablari oʻrganilsin, ularni bartaraf etish va murojaatlar bilan ishlashning natijadorligini oshirish yuzasidan chora-tadbirlar rejasi tasdiqlansin;

29.07.2022-y.

OTMlar





3.4-band. Vazirlikning jismoniy va yuridik shaxslarning murojaatlarini puxta va sifatli koʻrib chiqish, shaxsiy va sayyor qabullarning natijadorligini oshirish, ish yuritishni tizimli tashkil etish, tahlil va nazorat ishlarini samarali amalga oshirish boʻyicha chora-tadbirlar rejasining ijrosi soʻzsiz taʼminlansin;

doimiy

OTMlar





3.5-band. Murojaatlarni Vazirlar Mahkamasining 2018-yil 7-maydagi 341-son qarorida belgilangan talablarga muvofiq koʻrib chiqilishi taʼminlansin, bunda ijrochi sifatida murojaatlar bilan ishlovchi xodimni bevosita masʼul etib belgilanishiga butunlay chek qoʻygan holda, ularda koʻtarilgan masalalarni tegishli tarkibiy boʻlinmalarning mutaxassislari tomonidan ijro etilishi qatʼiy taʼminlansin;

doimiy

OTMlar





3.6-band. Jismoniy va yuridik shaxslarning murojaatlarini, ayniqsa, Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining virtual va Xalq qabulxonalari orqali kelib tushgan murojaatlar qisqa muddatlarda har tomonlama sinchiklab koʻrib chiqilsin va qonun doirasida hal etilishi taʼminlansin hamda nazorat ishlari kuchaytirilsin;

doimiy

OTMlar





3.7-band. Shaxsiy va sayyor qabullar tasdiqlangan jadvallar asosida samarali tashkil etilsin va ularda koʻtarilgan sohaviy muammolarni qonuniy hal etish boʻyicha amaliy choralar koʻrilsin;

doimiy

OTMlar





3.8-band. Jismoniy shaxslarni va yuridik shaxslarning vakillarini shaxsiy qabul qilishga, murojaatlarda koʻtarilgan muammolarning amaliy yechimlarini topishga alohida eʼtibor qaratilsin;

doimiy

OTMlar





3.9-band. Haftada kamida bir marta murojaatlar bilan ishlash holati tanqidiy muhokama qilib borilsin, mavjud muammo va kamchiliklarni bartaraf etish yuzasidan aniq choralar belgilansin hamda murojaatlar bilan ishlashga masʼul xodimlarning malakasi oshirilishi taʼminlansin;

har hafta

OTMlar





3.10-band. 2022-yil 30-sentyabrgacha joriy yilning toʻqqiz oyi yakunlari boʻyicha jismoniy va yuridik shaxslarning murojaatlarini koʻrib chiqish holati hamda amalga oshirilgan ishlar toʻgʻrisida vazirlikka hisobot kiritilishi taʼminlansin.

30.09.2022-y.

OTMlar





CHTR-1-band. Jismoniy va yuridik shaxslardan kelib tushgan murojaatlarni qonun hujjatlarida belgilangan muddatlardan kechiktirmagan holda oʻrganib chiqishni taʼminlash.

doimiy

OTMlar





CHTR-2-band. Vazirlik rahbariyatining jismoniy shaxslar va yuridik shaxslar vakillarini shaxsiy va sayyor qabullarini karantin talablariga rioya etilgan holda tashkil etish.

Tasdiqlangan jadvalga asosan

OTMlar





CHTR-3-band. Vazirlik huzuridagi tashkilotlar rahbarlari, oliy taʼlim muassasalari rektorlari va hududiy boshqarmalar boshliqlarining jismoniy shaxslar va yuridik shaxs vakillarining shaxsiy va sayyor qabullarini karantin talablariga rioya etilgan holda tashkil etish.

Tasdiqlangan jadvalga asosan

OTMlar





CHTR-4-band. Vazirlikning oliy taʼlim muassasalarini kompleks va maqsadli oʻrganish boʻyicha 2022-yil ish rejasi doirasida oliy taʼlim muassasalari va hududiy boshqarmalarda murojaatlarni oʻz vaqtida samarali koʻrib chiqilishi yuzasidan maqsadli oʻrganishlarni tashkil etish va ularga amaliy yordam koʻrsatish.

Tasdiqlangan jadvalga asosan

OTMlar





CHTR-5-band. Jismoniy va yuridik shaxslardan kelib tushgan murojaatlarni koʻrib chiqishda masʼuliyatsizlik va sansalorliklarga yoʻl qoʻymaslik hamda murojaatlarni takroriy ravishda kelib tushishini oldini olish choralarini koʻrish.

doimiy

OTMlar





CHTR-6-band. Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining Virtual va Xalq qabulxonalariga kelib tushayotgan murojaatlarning ijobiy hal etilishi darajasi va natijadorligini oshirish, bunda murojaatlarni tezkorlik bilan muallif ishtirokida oʻrganilishini taʼminlash, hal etishda yuzaki yondashuvlarga yoʻl qoʻymaslik.

doimiy

OTMlar





CHTR-7-band. Murojaatlarni Vazirlar Mahkamasining 2018-yil 7-maydagi 341-son qarorida belgilangan talablarga muvofiq koʻrib chiqilishini taʼminlash, bunda ijrochi sifatida murojaatlar bilan ishlovchi xodimni bevosita masʼul etib belgilanishiga butunlay chek qoʻygan holda, ularda koʻtarilgan masalalarni tegishli tarkibiy boʻlinmalarning mutaxassislari tomonidan ijro etilishini qatʼiy taʼminlash.

14.08.2022-y.

OTMlar





CHTR-8-band. Jismoniy va yuridik shaxslarning murojaatlari bilan ish olib boruvchi xodimlarni uch yilda kamida bir marta malakasini oshirish choralarini koʻrish.

Reja asosida

OTMlar





Yüklə 170,51 Kb.

Dostları ilə paylaş:
  1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   15




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin