3.4-band. Texnikum bitiruvchilarini suhbat asosida oʻqishga qabul qilishni toʻliq nazorat qilish, bunda:
- joriy yilning 10-avgustiga qadar kamida 9 nafardan iborat suhbat komissiyasi tarkibini tasdiqlash;
- suhbat oʻtkaziladigan auditoriyalarni videokuzatuv jihozlari bilan taʼminlash va onlayn kuzatishni tashkil qilish;
- jarayonlarni kuzatishi uchun ota-onalarga ajratiladigan joylarga toʻgʻridan toʻgʻri jonli translyatsiya qilishni taʼminlash;
- qabul komissiyasi masʼullarini masʼuliyatini oshirish;
- bir hafta muddatda amaldagi Nizomga asosan abituriyentlar uchun savollar bazasini shakllantirish va OTM veb-saytiga joylashtirish chorasini koʻrish;
-xorijiy va nodavlat OTMlardan oʻqishni koʻchirish boʻyicha hujjatlarni sinchiklab tekshirish;
-ikki obyektiv sababdan boshqa oʻqishni koʻchirish uchun asos boʻlmasligi boʻyicha talabalar va ularning yaqinlariga ogʻzaki va ommaviy-axborot vositalari orqali tushuntirish ishlarini kuchaytirilsin;
-mustaqillik berilgan oliy taʼlim muassasalari 2022/2023 oʻquv yilida toʻlov-kontrakt miqdorini belgilashda vazirlik bilan hamkorlikda ishlarni tashkil qilsin.
|
Belgilangan muddatda
|
OTMlar
|
|
|
3.5-band. Oliy taʼlim muassasalari rahbar-xodimlari va professor-oʻqituvchilarni ragʻbatlantirishda joriy yilning 10-avgustiga qadar KPI tizimini joriy qilish chorasini koʻrsin.
|
10.08.2022-y.
|
OTMlar
|
|
|
3.6-band. Oliy taʼlim muassasalarida Call markazlar faoliyati nazorat qilib borilsin.
|
-
|
OTMlar
|
|
|
3.7-band. 2022/2023 oʻquv yilidan boshlab qoʻshma taʼlim dasturlarni tashkil etishda xorijiy oliy taʼlim muassasalarining top reytinglardagi oʻrni va uning nufuziga eʼtibor qaratilsin.
|
2022/2023 oʻquv yilidan boshlab
|
OTMlar
|
|
|
3.8-band. Oliy taʼlim muassasalarining barcha yoʻnalishlarida raqamlashtirish tizimini joriy etish choralari koʻrilsin.
|
-
|
OTMlar
|
|
|
3.9-band. “Oʻzbekistonda oliy taʼlim” jurnaliga obuna tashkil etmagan oliy taʼlim muassasalari bir hafta muddatda shartnomalar tuzsin.
|
29.07.2022-y.
|
OTMlar
|
|
|
3.10-band. Tegishli oliy taʼlim muassasalari tomonidan reyting bilan ishlashga masʼullarni belgilash va boʻlimlar tashkil etish;
|
-
|
OTMlar
|
|
|
3.11-band. ScienceDirect platformasidan foydalanish boʻyicha uch kun muddatda ishlarni tashkillashtirish;
|
24.07.2022-y.
|
OTMlar
|
|
|
3.12-band. Bir hafta muddatda QS va THE xalqaro reytinglariga kirishi boʻyicha tizimli ishlarni tashkil qilish, aniq chora-tadbirlarni belgilash;
|
28.07.2022-y.
|
OTMlar
|
|
|
3.13-band. QS va THE xalqaro va mahalliy reytinglarga kirish boʻyicha amalga oshirilgan ishlar boʻyicha uch kun muddatda vazirlikka maʼlumotni taqdim etsin.
|
25.07.2022-y.
|
OTMlar
|
|
|