Danakli mevalarni yetishtirish va ularga shakl berish texnologiyasi Reja



Yüklə 52,59 Kb.
səhifə5/5
tarix07.01.2024
ölçüsü52,59 Kb.
#208895
1   2   3   4   5
Danakli mevalarni yetishtirish va ularga shakl berish texnol

Inspeksiya — mevalarni sifatiga qarab navlarga ajratishdir. Bundan maqsad chirib qolgan, shuningdek xom va o‘ta pishgan mevalarni ajratib olishdir. Ishning hajmiga qarab bu jarayon rolikli yoki tasmali transportyorlarda, xom ashyo kamroq bo‘lgan taqdirda stol ustida qo‘lda bajariladi. Navlarga ajratilgan mahsulot yuviladi. Ishning hajmi katta bo‘lsa ventilatorli yoki elevatorli mashinalarda mevalarning mikroorganizmlari, kiri, changi yuvib tashlanadi. Mahsulot kam bo‘lsa oqar suvda yuviladi.
Shaftolini to‘g‘rab yoki ikki pallaga ajratib qoqi qilinadi, butunligicha quritilmaydi. U qo‘lda pichoq bilan to‘g‘raladi. Ikki pallaga ajratiladigan bo‘lsa, chizig‘idan yoriladi va danagi olib tashlanadi. Danagi ajralmaydigan shaftoli quritilmaydi.
To‘g‘ralgan meva tez orada qorayib qoladi. Shu sababli, galdagi ishlarni tezlashtirish kerak. Po‘stini archish - tukli shaftolini quritishdagi muhim yumushdir. Bu ish mashinalarda, kimyoviy yoki termik usulda bajariladi. Kimyoviy usulda shaftolining po‘sti deyarli batamom tozalanadi. Ikkiga ajratilgan shaftolini bu usulda qaynab turgan kaustik soda eritmasiga botirib olinadi. Eritma epidermis hujayralari va boshqa to‘qimalarni bog‘lab turgan protopektin moddasini parchalaydi, paydo bo‘lgan eruvchan pektin moddasi meva po‘stining ajralishiga yordam beradi. Kaustik sodaning 5% li qaynoq eritmasida xom ashyo 30-35 sekund tutiladi. Tadqiqotlarga ko‘ra, bu usulda xom ashyoning 8-10% i chiqitga chiqadi.
Kaustik soda eritmasida dorilangan meva pallachalari darhol yuviladi. Shaftolining po‘sti tez ajraladi. Yuvgandan keyin qolgan po‘stlari pichoq bilan olib tashlanadi. Ayni mahalda mevalarni yuvish ham shu idishda yoki hajmi 300-400 l. li bug‘li, o‘choqli qozonlarda yuviladi. Mevalar o‘choqli qozonlarda quyidagicha tozalanadi: qozonga suv solinadi, qaynatiladi, zarur miqdorda kristalli kaustik soda solinadi va mevalarni sim savatga solib mana shu qaynoq suvga botiriladi. Oradan 30-35 sekund o‘tgach, meva savati bilan birga qozondan olinadi va sovuq suvda chayiladi.
Shaftolining luchchak va tukli navlaridan qoqi tayyorlashda qaynoq suvga pishish ham qo‘llaniladi. Buning natijasida mevadagi oqsil moddalar denaturalizatsiya qilinadi, quyuqlashib qoladi, hujayralarida plazmoliz jarayoni boshlanadi, oqibatda quritish paytida uning nami tez qochadi. Shuningdek, oksidlovchi fermentlar parchalanib, mahsulot qorayib qolmaydigan bo‘ladi, po‘stli mevalar ustida g‘alvirsimon izlar (to‘r) paydo bo‘ladi. Bu esa mevaning namini tezroq qochirishga yordam beradi. Qaynoq suvga pishilgan mevalarni sovuq suvda chayib olish kerak. Qaynoq suvga pishib olingan meva boshqalariga nisbatan 1,5-2 baravar tez quriydi va qoqisi sifatli bo‘ladi. Bu borada muddatga e’tibor berish kerak, chunki suvda ortiqcha turib qolgan meva qoqisi shirin bo‘lmaydi, uning rangi ham ayniydi. Buning ustiga quruq moddalari kamayib, mahsulot ham oz tushadi.
Sovuq suvda chayib olingan shaftoli pallalari ichki tomonini tepaga qilib taxta podnoslarga teriladi va oltingugurt bilan dudlanadi. Dudlab quritilgan qoqida shaftoliga xos tabiiy rang saqlanadi va uni uzoq vaqtgacha ushlab turish mumkin. Bir kilogramm mevaga 2-2,5 g oltingugurt sarflab, 1,5 soat davomida dudlanadi. Buning uchun maxsus dudlash kameralaridan yoki fanerdan yasalgan pishiq qutilardan foydalaniladi.
Dudlangan meva podnoslari bilan birga quritish maydonchasidagi so‘kchaklarga qo‘yiladi. 2-3 kundan keyin shaftoli pallachalari ag‘darib chiqiladi. Qoqi namining 3g‘3-4g‘3 qismi qochgandan so‘ng podnoslar soya joyda ustma-ust qilib taxlab qo‘yiladi. Mahsulotning tayyor bo‘lgani qo‘lga olib aniqlanadi. Yaxshi qurigan qoqining eti tig‘iz, pishiq, egiluvchan, ammo sinmaydigan bo‘ladi. Ichi nam bo‘lmasligi lozim.
Davlat standarti talablariga ko‘ra, tayyor mahsulotning namligi 17% dan oshmasligi lozim. Po‘sti archilgan shaftoli 5-8 kun, po‘sti archilmagan luchchak shaftoli 6-9 kun, tukli shaftoli 12-16 kun quritiladi. O‘rik, bargak va qaysa turshagining nami qanday baravarlashtirilsa, shaftoli qoqining namini baravarlashtirishda ham xuddi shunday usul qo‘llaniladi. Tukli va luchchak shaftolini qoqi qilishda mevalarni qaynoq suvga pishmay quritish h


Xulosa
Olchaning “Shpanka chernaya”, “Chest gubina”, “Samarqand”, “Podbelskaya”, “Lotovaya”, “Imperiya” navlari quritiladi. Rangi to‘q, eti tig‘iz, nordon-shirin, quruq moddasi 19-23 % keladigan navlar quritishga yaroqlidir.
Quritish uchun obdon pishgan, urinmagan, qurt tushmagan meva bandi bilan birga uzilib, 16 kilogramm mahsulot sig‘adigan qutilarga solinadi. Ular avtomashinada yoki ressorli aravada tashiladi. Olcha quritish maydonchasida uzog‘i bilan 12 soat turadi. Navlarga ajratishda xomlari, chirigan va shkastlanganlari olib tashlanadi. Bandi mashinada yoki qo‘lda uziladi. Keyin meva mashinada yoki oqar suv bilan vannada yuviladi. So‘ngra kaustik sodaning 0,5 % li qaynoq eritmasiga 3-5 sekund botirib olinadi va sovuq suvda chayqab podnoslarga bir qator qilib solinadi va quritish maydonchasiga qo‘yiladi.
Bir-ikki kun oftobda turgandan keyin soyadagi shtabellarga qo‘yiladi. Quritish 5-8 kun davom etadi. Namini baravarlash uchun yana 8-10 kun saqlash talab qilinadi. 3-4 tonna mevadan bir tonna quruq mahsulot olinadi. Uning nami 19 % dan oshmasligi kerak.
Gilosning “Qora gilos”, “Qora goshe”, “Qora nayta”, “Bahor” kabi navlari quritishga o‘ng‘ay. Yaxshi pishgan, seret, quruq moddalari ko‘p, qurt tushmagan, chirimagan va mog‘orlamagan meva quritishga yaraydi.
Olcha qanday quritilsa gilosda bu jarayon takrorlanadi. Quritish 7-10 kun davom etadi. Natijada 19-22 % mahsulot olinadi. Buning ham namligi 19 % dan oshmasligi kerak.
Foydalanilgan adabiyotlar:

  1. Bo‘riev X.Ch., Rizaev R. Meva, uzum mahsulotlarni biokimyosi va texnologiyasi. – T.: Mehnat, 2000.

  2. Bo‘riev X. Ch., Jo‘raev R., Alimov O. Meva sabzavotlarni saqlash va daslabki ishlov berish. – T.: Mehnat, 2002.

  3. Shaumarov X.B. Islamov S.Ya. Qishloq xo‘jaligi mahsulotlarini saqlash va birlamchi qayta ishlash texnologiyasi. – Toshkent, 2011.

  4. Shirokov Ye.P., Polegaev V. Texnologiya xraneniya i pererabotki produksii rastenievodstva s osnavami standartizatsii. – M.: Agropromizdat, 2000.

  5. Shirokov Ye.P. Praktikum po xraneniyu i pererabotki plodov i ovoщey. – M.: Kolos, 1989.

Internet saytlari

  1. http://www. sushka plodov

  2. http://www. sushka ovoshey

  3. http://www. sushka pryanostey

Yüklə 52,59 Kb.

Dostları ilə paylaş:
1   2   3   4   5




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin