Danakli mevalarni yetishtirish va ularga shakl berish texnologiyasi Reja



Yüklə 52,59 Kb.
səhifə1/5
tarix07.01.2024
ölçüsü52,59 Kb.
#208895
  1   2   3   4   5
Danakli mevalarni yetishtirish va ularga shakl berish texnol


Danakli mevalarni yetishtirish va ularga shakl berish texnologiyasi
Reja:
1.Danakli mevalar, ya’ni o‘rik, olxo‘ri, olcha va gilosni quritish texnologiyasi. Xom ashyoga qo‘yiladigan talablar.
2.O‘rikni turshak, quraga, qaysa, va ashtak usullarida quritish texnologiyasi.
3.Shaftolini quritish texnologiyasi.
4.Xulosa
5. Foydalanilgan adabiyotlar


Danakli mevalar, ya’ni o‘rik, olxo‘ri, olcha va gilosni quritish texnologiyasi. Xom ashyoga qo‘yiladigan talablar.
Danakli mevalarning sifati va chiqish miqdori ko‘p jihatdan xom ashyoga bog‘liq. Faqat standart talablariga javob beradigan mevalarni quritish maqsadga muvofiq hisoblanadi. Xom ashyoning tur va navlariga qo‘yiladigan talablar har xildir. Xom ashyo urinmagan, chirimagan, irimagan, tarkibidagi zarur moddalari, ayniqsa qand va kislotalari yetarli bo‘lishi zarur.
Hosilni o‘z vaqtida yig‘ib olish, tashish va quritishga tayyorlash usullarini to‘g‘ri tashkil etish sifatli qoqi va mayiz olish garovidir. Quritilgan mahsulot tannarxini kamaytirish katta ahamiyatga ega. Quritiladigan meva va uzumning sifati ko‘p jihatdan uning yetilishiga bog‘liq. Barvaqt uzulgan hosilning ta’mi, rangi, vazni talabga javob bermaydi. Shu sababli ulardan sifatsiz qoqi va mayiz olinadi. Kech uzilganlari esa nobud bo‘ladi. Olcha, gilos, shaftoli, o‘rik, olxo‘ri kabi danakli mevalar kech uzilsa nozik bo‘lib qoladi, ularni tashish ancha mushkullashadi. Bundan tashqari xom ashyoning sifati va xushbo‘yligi yo‘qoladi. Shu sababli hosilni uzish muddatlari ularni qanday maqsadda ishlatilishiga qarab belgilanadi.
Fiziologik yetilganligi meva etiga qarab aniqlanadi. Umuman hosil qayta ishlanishiga qarab, texnik yetuklik davrida yoki iste’mol qilish darajasida bo‘lgan chog‘da uziladi. Masalan, uzumdan har xil mahsulotlar mayiz, kishmish, musallas olish uchun talabga javob beradigan yetarli miqdorda qand, kislota va boshqa moddalar to‘plangan bo‘lsa, u texnik jihatdan yetilgan hisoblanadi. Mayiz qilinadigan uzumda qand moddasi eng yuqori 24–25, dessert vinolar tayyorlash uchun kamida 22, xo‘raki (stoloviy) vinolar tayyorlash uchun esa 17–20 foizga yetilganda uziladi. Ho‘lligida iste’molga yaroqli darajada yetilgan mevalar yaxshi yetilgan, o‘z naviga xos ta’m, hid va rangga hamda zich etga ega bo‘ladi. Keyinroq esa eti yumshab, mazasi qochadi. Hosil faqat havo quruq va ochiq kunlarda uziladi. Daraxtlardagi mevalarning sifati, katta - kichikligi va rangi har xil bo‘ladi. Ba’zilari quyosh tushib turgan va baquvvat shoxlarda yaxshi yetiladi, shox-shabba orasida qolganlari kechroq pishadi. Agar hosilni to‘la pishib yetilishi kutib turilsa, mevalar to‘kila boshlaydi. Natijada mevalar shikastlanadi va navi past bo‘lib qoladi. Shu sababli tanlab uzish kerak. Bu usulda bir necha marta uziladi. Birinchi uzishda faqat yaxshi pishgan, kattaligi va rangi o‘z naviga xos mevalar teriladi. Mevalarni uzish vaqtida urintirib qo‘yilsa, ularning po‘sti shikastlanadi, ustida dog‘lar paydo bo‘ladi.

Meva solingan savat va qutichalar bog‘ qator oralarida qatnab turgan transportlar oldiga keltirilib, bir-biriga taxlanadi. Xom ashyo shikastlanmay, ehtiyot qilib tashiladi. Ortiqcha mahsulot keltirish tavsiya qilinmaydi. Quritish maydonchasiga olib kelingan mahsulot yuvilib, tozalanadi va to‘g‘raladi. Shuningdek blanshirlanib, oltingugurt bilan ishlov beriladi.

Yüklə 52,59 Kb.

Dostları ilə paylaş:
  1   2   3   4   5




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin