4.10. Binar daraxt balandligi Binar daraxtning balandligi deb daraxt bosqichlari soniga aytiladi. Binar daraxt balandligini aniqlash uchun uning har bir tuguni chap va o‘ng qismdaraxtlari balandliklari solishtiriladi va maksimal qiymat balandlik deb olinadi. Misol uchun quyidagi 8.9-rasmdagi daraxtning balandligi 2 ga teng.
4.9-rasm. Binar daraxt balandligi
Daraxt balandligini aniqlash dastur kodini keltiramiz.
int height(node *tree){ int h1,h2; if (tree==NULL) return (-1); else { h1 = height(tree->left); h2 = height(tree->right); if (h1>h2) return (1 + h1); else return (1 + h2); } }
Ishni bajarishga namuna Topshiriq variantlariga o‘xshash bitta misolning algoritmi va to‘liq dasturini ko‘rib chiqaylik.
Misol: berilgan binar daraxtdan ko‘rsatilgan key kalitga mos tugunni o‘chirish dasturini tuzing.
Algoritm Asosiy dastur tanasi - int main() i=0; n – daraxtga kiritiladigan elementlar sonini aniqlash. Daraxt ildizi ko‘rsatkichi tree=NULL. Next yangi elementni joylashtiradigan shoxga o‘tishda ishlatiladi va last next dan 1 qadam orqada yuradi.
Agar i bo‘lsa, daraxtga kiritiladigan navbatdagi elementga qiymat kiritish va uni yangi p element info maydoniga yozish, left va right maydonlarga NULL yozish. Aks holda 8-qadamga o‘tish.
Agar tree=NULL bo‘lsa, p ni daraxt ildizi qilish, ya’ni tree=p va next=last=p.
Agar p->info next->info dan kichik bo‘lsa, chap shoxga o‘tish kerak, ya’ni last=next va next=next->left, aks holda o‘ng shoxga o‘tamiz, ya’ni last=next va next=next->right.
Agar next=NULL bo‘lsa, 6-qadamga o‘tish, aks holda 4-qadamga o‘tish.
Agar p->infoinfo bo‘lsa, last->left=p, aks holda last->right=p.