To'g'ri burchakli izometrik proyeksiya. Kubni 27.3-chizma, a dagidek aksonometrik proyeksiyalar tekisligi P ga nisbatan bir xil qiyalikda joylashtirib, unga kub uchlari orqali proyeksiyalash nurlarini perpendikular qilib o'tkazilsa, kubning to'g'ri burchakli izometrik proyeksiyasi hosil bo'ladi. To'g'ri burchakli izometrik proyeksiya qisqacha izometriya ham deyiladi.
Izometriya yunoncha so'z bo'lib, isos — bir xil (teng) degan ma'noni anglatadi.
Darsni mustahkamlash. Proyeksiya deb nimaga aytiladi?
Frontal dimmetriya va izometriya deb nimaga aytiladi?
Dars yakuni Darsga xulosa yasalib, faol qatnashgan o`quvchilar baholanadi.
VI Uyga vazifa Chizma chizib kelish.