Dars ishlanma Маvzu: Proyeksiyalash usullari. Markaziy va parallel proyeksiyalash



Yüklə 303,33 Kb.
səhifə1/3
tarix28.04.2023
ölçüsü303,33 Kb.
#103999
  1   2   3
Dars ishlanma


NIZOMIY NOMIDAGI TOSHKENT DAVLAT PEDAGOGIKA UNIVERSITETI
Maxsus sirtqi bo’lim
Muhandislik grafikasi va uni o’qitish metodikasi fanidan
8-sinf uchun

Dars ishlanma


Маvzu: Proyeksiyalash usullari. Markaziy va parallel proyeksiyalash

Bajardi: Boqiyeva Shahnoza
Tekshirdi:_________________


Toshkent-2023
Fan: Chizmachilik
Sinf: 8
Mavzu:
Darsning maqsadi:
Darsning jihozlari: doska, bo‘r, chizmachilik asboblari, dars mavzusi yoritilgan plakat-chizma, darslik, geometrik jismlar.
Dars berish metodi: Aralash metod. Amaliy ishlash, ko‘rgazmali, aqliy hujum, «ishbilarmon-kommersantlar» o‘yini metodlaridan foydalaniladi.
Darsni tashkil etish: o‘quvchilarni tinchlantirib, salomlashish va yo‘qlama. Uyga berilgan topshiriqlarni tanlab, nazorat qilish va uning tahlili. o‘quvchilar yo‘l qo‘ygan kamchilik va xatolarni umumlashtirib, tahlil qilinib, tushuntirib beriladi. 3-4 o‘quvchilarning uy ishlari baholanib, e’lon qilinadi, rag‘batlantiriladi (maqtab qo‘yish, alohida yutuqlarini ko‘rsatib o‘tish).
Yangi mavzuni e’lon qilish: Sinfda geometrik jismlar stendi ilib qo‘yilgan. o‘sha stenddagi prizmalar, silindr, konus, piramidalar, shar va yarim shar alohida-alohida nomlari takrorlanib, ko‘rsatib o‘tiladi.
O‘quvchilarga: «Shu jismlarning qaysi birining proeksiyasini bajaramiz?» – deb savol tashlanadi va o‘quvchilar e’tiborini maksimal darajada geometrik jismlar stendiga qaratishga erishiladi. O‘quvchilar yordamida birorta jism (misol uchun silindr) tanlanadi. Darslikdan shunga tegishli rasm, tasvir, chizmani topib, uning frontal, gorizontal va profil proeksiyalari qanday tasvirlanganligi so‘raladi.
O‘quvchilar javobi:

  1. Frontal proeksiyasi – to‘g‘ri to‘rtburchak.

  2. Gorizontal proeksiyasi – aylana.

  3. Profil proeksiyasi – to‘g‘ri to‘rtburchak.


Yüklə 303,33 Kb.

Dostları ilə paylaş:
  1   2   3




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin