Dars ishlanmasi Sinf: 2-sinf
Mavzu: Kvadrat va to`g`ri to`rtburchak perimetri
Darsning maqsadi: Talimiy: o`quvchilarga kvadrat va to`g`ri to`rtburchak perimetri haqidagi bilimlarini shakllantirish.
Tarbiyaviy: o`quvchilarda do`stlik-o`rtoqlik,mehnat, mehnatsevarlik hissini tarbiyalash, jamoa bo`lib ishlashga o`rgatish.
Rivojlantiruvchi: o`quvchilarni mantiqiy fikrlash qobilyatini rivojlantirish
Dars turi:bilimlarni hisobga oluvchi, yangi bilim beruvchi.
Dars jihozi: darsga oid ko`rgazmali qurollar, multimediali ilova, krasvord, tarqatma materiallar, darslik.
Dars matodi: suhbat, savol-javob, tushuntirish, “qaynoq koptokcha”, “Bu shakl qaysi” o`yini , “”qiziqarli savol-javob”
Darsning borishi: Tashkiliy qism:
Salomlashish O`qituvchi O`zbegimning odobi Assalomdan boshlanur
Hamma Assalomu alaykum
O`qituvchi-Darsimizni boshlasak, Navbatchiga so`z bersak
Navbatchi-Sinfda men navbatchi, ustozimga yordamchi
Pok tutaman xonani, hamda yozuv taxtani
Ustozimiz shod bo`ling, bugun hamma shu yerda
Darsingizni miriqib, eshitish umidida
O`tilgan mavzuni mustahkamlash.
Qani javob beringlarchi biz o`tgan darsimizda sizlar bilan qaysi mavzu bilan tanishgandik? O`quvchilar kvadrat va to`gri to`trburchak deb javob berishadi. Qani menga aytinglarchi kvadrat deb nimaga aytiladi?
To`g`ri to`trburchak deb nimaga aytiladi?
Hamma uyga vazifani bajarganmi bugungi darsga hamma tayyormi?
Bugungi mavzumizni boshlashdan avval 3 ta guruhga bo`linib olamiza.
1-guruh a`zosi Biz bo`lamiz birinchi, Qani yetib ko`ringchi
Dars qilganmiz hamma vaqt, Bizga bo`lar baland taxt
2-guruh a`zosi Biz ham ortta qolmaymiz, So`nggi o`rin bo`lmaymiz
Chiqing maydon kutmasin, Qimmatli vaqt o`tmasin
3-guruh a`zosi Bizni chetga surmangiz, Bellashishdan qo`rqmangiz
Kamtarga kamol derlar, haddingizdan oshmangiz
Tortishmanglar azizlarim kim bilimli va chaqqon ekanligini bugungi bellashuvdan bilib olamiz buning uchun darsga quloq solib o`tirishlaring kerak. demak 1-guruhimiz “Zukkolar”jamoasi. 2-guruhimiz “Topqirlar”va 3-guruhimiz “Bilimdonlar” deb nomlaymiz. Sizlarning shu kungacha egallagan bilimlaringni sinash maqsadida hozir “Qaynoq koptokcha”nomli oyinimizni o`ynaymiz. Hammamiz o`rnimizdan turvolamiz va matematika oid so`z aytamiz koo`p o`ylab o`tirsak qo`limiz kuyib qolishi mumkin, chunki koptochamiz qaynoq.
Yangi mavzu bayoni.
Aziz bolajonlar bugungi mavzuyimiz kvadrat va to`g`ri to`rtburchak perimetri mavzusi ekan.
Dars shiori: Matematika darsi darslarning eng a`losi
Sizni olg`a yetaklaydi, raqamlarning dunyosi
Jumboq, misol, boshqotirma ilmingizni charxlaydi
Xorazmiyga asl voris bo`lmoqqa u chorlaydi.
Sinf qoidasi: o`zgalar fikrini hurmat qilish, o`z fikrini erkin bayon etish, darsda tinchlikni saqlash.
Demak mavzuyimiz kvadrat va to`g`ri to`rtburchak perimetri ekan. To`g`ri to`tburchakning perimetri barcha tomonlari uzunliklarining yig`indisiga teng
Masalan 1-tomoni 5 sm 2-tomoni 17 sm bo`lgan to`g`ri to`rtburchakning perimetrini topamiz 5sm+17sm+5sm+17sm=44 sm
Xullas kvadratning ham perimetrini shu usulda hisoblaymiz bizga tomonlari uzunligi 2 smga teng kvadrat berilgan bo`lsin. 2sm+2sm+2sm+2sm=8sm
Aziz bolajonlar biz shakllarning perimetrini P harfi bilan belgilaymiz . buguni mavzuyimiz shundan iborat edi endi sizlar bilan darsligimizdagi mashqlarga etibor beramiz.2-masalaga qaranglar. Masalamizning sharti shakllarning perimetri nimaga teng? Kitobimizda berilgan shaklarning tomonlari uzunliklari berilipti biz esa ularning perimetrlarini topamiz buni esa bugungi mavzumizda o`rgandiga aziz bolajonlar. Birinchi shaklimizda nima tasvirlangan? To`g`ri to`rtburchak. Barakalla uning tomonlari uzunliklari nechchi? 2 sm 8 sm uning perimetrini toppish un china qilamiz? Qo`shamiz. 2+8+2+8=20sm barakalla kvadratning perimetrini kim hisoblaydi doskada?
Yaxshi endi sizlar bilan “Bu qaysi shakl” o`yinini o`ynaymiz. Bu o`yin uchun har bir jamoadan bittadan ishtirokchi chiqadi va bu yerdagi shakllarni ko`rib ularga tariff berishadi sizlar esa uni topasizlar. G`olib jamoa aniqlanadi. Yaxshi aziz bolajonlar endi yana darsligizga qaraymiz. 3-masala shartini o`qiymiz. Shakllarning perimetri nechta qalam uzunligiga teng. Birinchi shaklimiz qanday shakl uning perimetrini kim topadi? 2-shaklimiz qanday shakl uning perimetrini kim topadi? 1-si 1+1+1+1=4 2-si 2+1+2+1=6.4-misolni birgalikda bajaramiz
Dam olish daqiqasi Sakkista sariq chumchuq bog`imda uchdi churq churq
To`rttasi u yon ketti to`rttasi buyon ketti.
Darslikdagi 4-misol birgalikda bajariladi.
“Qiziqarli savol-javob”o`tkaziladi.
Darsga yakun yasash va baholash: g`olib jamoa aniqlanadi va ragbatlantiriladi
Uyga vazifa berish va darsni yakunlash uyga vazifa 5-masala ekanligi aytiladi.