Dars mazmuni va turini aniqlashda fan o`qituvchisiga qo`yiladigan talablar


Dars - maktab ta’limining asosiy tashkiliy shakli



Yüklə 63,75 Kb.
səhifə3/4
tarix25.03.2023
ölçüsü63,75 Kb.
#89970
1   2   3   4
Dars mazmuni va turini aniqlashda fan o`qituvchisiga qo`yiladigan talablar

Dars - maktab ta’limining asosiy tashkiliy shakli

Dars muayyan miqdordagi doimiy o’quvchilar tarkibi bilan qat’iy tartibda uyishtiriladigan va aniq maqsadga yo’naltirilgan didaktik tadbir hisoblanadi. Dars - insoniyat tomonidan minglab yillar mobaynida orttirilgan hayotiy tajribalarni o’quvchilarga juda ham qisqa vaqtda o’rgatishning eng samarali usullaridan biri hisoblanadi. Ta’limning dars shakli Turkistonda uzoq zamonlardan buyon qo’llanilib kelingan. Darsni tashkil etish va uning samaradorligini ta’minlashda o’qituvchining o’rni juda ham beqiyos bo’lgan. Chunki, o’quvchilarning tayyorligini aniqlash, ularni guruhlarga ajratishda bolalarning yoshi va maktabda qancha vaqt o’qiganligiga emas, balki o’tilgan darslarni qanchalik o’zlashtirganliklariga tayanilgan. Turkiston maktablarida ta’limning dars shakli bo’lganligi bilan mashg’ulotlarni sinf - dars tizimi tarzida tashkil etish tajribasi bo’lmagan. Shuningdek, darsning davomiyligi, predmetlarning o’rinlashuvi, kundalik mashg’ulotlarning miqdori singari ta’limiy chegaralar har bir o’qituvchining o’zi tomonidan belgilangan.
Qadimda ta’lim muassasalari uchun darsning jamoa va individual shakllari mavjud bo’lgan. Dars ta’limining jamoa bo’lib amalga oshirilish tarzini ko’rishimiz mumkin. Shu bilan birgalikda, dars maktab yoshidagi bolalarni umumiy o’qitishni osonlashtiradi. Ularni jamoa sifatida tarbiyalashga hissa qo’shadi, bolalarda ijtimoiy faollik va muomala madaniyatining shakllanishiga ko’maklashadi. Darsda o’quv mashg’ulotlarining individual, guruh bo’lib va umumiy sinf shakllari birlashadi. Har qanday jamiyatda dars davlat tomonidan ta’lim oldiga qo’yilgan vazifalarni bajarish uchun xizmat qiladi. Darsning vazifalari ta’lim jarayoning qonuniyatlari va muayyan jamiyatning komil shaxs borasidagi tushunchalarni uyg’unlashtirish va rivojlantirishdan iboratdir.
Shuningdek, o’quvchilarni dars davomida komil inson qilib tarbiyalash eng asosiy vazifalaridan biridir. Yangilanayotgan pedagogik tafakkur talablariga ko’ra zamonaviy dars o’quv muassasasining mulkiy mansubligidan qa’ti nazar quyidagi xususiyatlarga ega bo’lishi lozim: ta’limning tarbiyaviy maqsadlarga bo’ysundirilganligi, o’quvchilarni komil shaxs sifatida shakllantirishga yo’naltirilganligi, ilmiyligi hamda izchilligi, tarbiyalanuvchining faolligi va mustaqilligini ta’minlashga qaratilganligi, insonparvarlik ruhida ekanligi, tizimliligi, bilimlarni ongli ravishda o’zlashtirishga qaratilganligi, amaliy ahamiyatga ega ekanligi va boshqalarni misol keltirishimiz mumkun. Zamonaviy ta’lim tajribasida bir dars uchun albatta belgilangan standart vaqt mavjud. Bu belgilangan vaqt esa, ta’lim muassasalarining tabiati, ta’limning bosqichlari va o’quvchining imkoniyatidan kelib chiqib 45, 40, 35, 30 minutni tashkil etadi. Ta’lim tizimida dars va uy vazifasi munosabatlari o’ta muhim sanaladi. Zamonaviy ta’lim tizimining turli bosqichlarida o’quvchilarga uy vazifasi berilishi yoki berilmasligi, uning miqdori singari jihatlar o’quv muassasalarining nizomlarida aks ettirilgan. Uzoq vaqt davomida har bir dars yangi mavzuning bayoni, uni o’quvchi xotirasida mustahkamlash, bilimlarni amaliyotda qo’llash kabi qismlardan iborat bo’lishi shart deb hisoblab kelingan. O’quv jarayonlarida darsni tashkil etishning oldindan belgilab qo’yilmagan va barcha uchun majburiy bo’lmagan turli xil yo’llarini qo’llash maqsadga muvofiq bo’ladi.

Xulosa
Dars davomida olingan bilimlarni amaliyotda qo’llash doim mavzuni mustahkamlashning asosi bo’lib kelgan. Bir necha darsni yangi mavzuning bayoniga bag’ishlash, ayrimlarini esa labaratoriya topshiriqlarini bajarishga ajratish ham mumkin. Eng muhimi, o’tilayotgan mavzu o’quvchilar tomonidan o’zlashtirilib, ularda ko’nikma paydo bo’lishi va bu ko’nikmalarni amaliyotda qo’llab, malakaga aylantira olishi kerak bo’ladi. Darsning tarkibi, darsni tasniflash ya’ni tipologiya bilan bog’liqdir. Pedagogik adabiyotlarda dars mazmunga, didaktik maqsadga, o’tish yo’llariga, ta’lim jarayonining xususiyatlari va uning qismlariga ko’ra tasnif qilinadi. Dars odatda, kirish, yangidan - yangi bilimlarni berish, o’tilgan mavzularni mustahkamlash, ko’nikma va malakalarni shakllantirish, bilimlarni amaliyotda qo’llash, nazorat qilish va aralash kabi turlarga bo’linadi. Ta’lim tajribasida bir dars jarayonida bir yoki bir necha dars turlari umumlashtirilgan holda ish olib boriladigan aralash dars turi ham ko’p uchraydi. Darslarni turli sinflarda turli xil mashg’ulotlar, seminar, o’quv konfrensiyalari, turli bahaslar, muamoli darslar, amaliy ishlar, ustaxonalarda darslarni olib borish va ishlash kabi ko’plab darslarni misol keltirishimiz mumkin.


Yüklə 63,75 Kb.

Dostları ilə paylaş:
1   2   3   4




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin