O‘quvchilar mavzuning mazmun mohiyatini tushunib o’nli kasrlarni natural songa ko’paytirishga doir bilimlarini masalalarda ishlatilishi bo`yicha bilim, ko`nikma va malakalarga ega bo`lish
O‘quv jarayonini amalga oshirish texnologiyasi.
Metod: “Aqliy hujum”, Savol-javob, jamoa va yakka tartibda ishlash, Amaliy mashg‘ulot.
Vosita: matematika darsligi va multimediya darslik. Kompyuter “Matematikadan masalalar to’plami”, test, kaptochkalar, plakatlar. Doska, bo’r.
Nazorat: yozma, og`zaki, test.
Baholash:Rag‘batlantirish, 5 ball tizim asosida baholash.
Kutilayotgan natijalar
O‘qituvchi: O‘quvchilarning fanga bo`lgan qiziqishi ortadi. O`quvchilar o`rtasida do`stona muhitni yarata
di. O‘z oldiga qo‘ygan maqsadlariga erishadi. O‘quvchilarni mustaqil
likka va ijodkorlikka o`rgatadi. Past o`zlashtiruvchi o`quvchilarning fikrlash qobiliyatini o`stiradi.
O`quvchi O‘quvchilar mustaqil va erkin fikrlaydi. Guruhlar bilan ishlashni va o`z ustida ishlashni o‘rganadilar, eslab qolish, ayta olish, ko‘rsata olish ko‘nikma va malakalarga ega bo‘ladilar.
Kelgusi rejalar (tahlil, o‘zgarishlar).
O‘qituvchi: Yangi pedagogik texnologilarni darsda qo`llashni, ularni takomillashtirishga erishadi. Darsni tashkil qilishda axborot texnologiyalardan foydalanadi..
O`quvchi Mavzu yuzasidan berilgan topshiriq ustida mustaqil ishlashi o‘rganadi. O‘z fikrini ravon bayon eta oladi. Guruhda ishlashda jipslikka e`tbor qaratadi. Mavzu uchun qo‘shimcha na`lumotlar topishga harakat qiladi.
Maqsad: a) o’quvchilarga o’nli kasrlarni natural songa ko’paytirish hamda 10,100,1000 va hokazo sonlarga oson ko’paytirishga doir bilimlarni berish;
b) O’quvchilarni odob- axloq, vatanparvarlik ruhida tarbiyalash,mehnatsevarlik, insoniylik fazilatlarini o’quvchilar ongiga singdirish,o’quvchilar o’rtasida o’zaro hurmatni kuchaytirish;
c) O’quvchilarning o’nli kasrlar va ular ustida amallar bajarishga doir bilimlarini rivojlantirish, kengaytirish;