Dars-muqaddas



Yüklə 75 Kb.
səhifə3/4
tarix20.06.2023
ölçüsü75 Kb.
#133324
1   2   3   4
onli-kasr-kopaytirish

Darsning tipi: Yangi bilimlar berish;
Darsning uslubi: Aqliy hujum,savol javob, jamoa va yakka tartibda ishlash
Darsning jihozi: darslik,kartochkalar,ko’rgazmalar,kompyuter;
Darsning borishi:1) tashkiliy qism (2min);
2) o’tgan mavzuni so’rash (3min);
3) uyga vazifalar nazorati (5min);
4) yangi mavzu bayoni(15min);
5) mustahkamlash(10min);
6) baholash(3min);
7) uyga vazifa berish(2min);
1) O’quvchilar bilan salomlashish, O’quvchilar va sinf xonasining darsga tayyorligini tekshirish,
2) O’quvchilar bilan o’tgan mavzuni takrorlash:
O’qituvchi:
Xo’sh, O’quvchilar sizlar bilan o’tgan darsimizda o’nli kasrlar mavzusiga doir vI bobni o’tib tugalladik.Bugun o’nli kasrlarni ko’paytirish va bo’lishga doir yangi bobni boshlashdan oldin vI bobdagi o’nli kasrlarning yozilishi va o’qilishidan tortib, ularni qo’shish va ayirish, yaxlitlashga doir o’rgangan bilimlarimizni takrorlab,yodga solib olamiz. Darsimiz qiziqarli bo’lishi uchun 3 guruhga bo’linib olamiz va guruhlarimizni nomlaymiz.
1-guruh: Al-Xorazmiy
2-guruh: Beruniy
3-guruh: Mirzo Ulug’bek
Har bir guruh o’z guruhining nomiga qisqacha izoh beradi.
O’qituvchi:
O ’tgan bobni takrorlash maqsadida har bir guruhdan bittadan o’quvchilar chiqadi va savollarga javob beradi, a’lo, yaxshi qoniqarli rag’batlar bilan baholanadi.Darsimiz oxirida qaysi o’quvchi qancha ball to’plaganini hisoblab baholaymiz.
1 -savol. O’nli kasr deb nimaga aytiladi?
2) Qanday sonlarni O’nli kasr ko’rinishida yozish mumkin?
3) Sonlarni o’nli kasr ko’rinishida yozishning qanday afzalliklari bor?
4) Agar o’nli kasrning o’ng tomoniga nollar yozib qo’yilsa uning qiymati o’zgaradimi?
5) Agar o’nli kasrning o’ng tomonida turgan nollar olib tashlansa,kasr o’zgaradimi?
6) o’nli kasrlarni taqqoslash qoidasini tushuntirib bering.
7) Sonlar nurida tasvirlangan o’nli kasrlarning bir-biridan katta-kichikligini qanday aniqlash mumkin?
8) O’nli kasrlar qanday qo’shiladi?
9) O’nli kasrlar qanday ayriladi?
10) O’nli kasrlarni “ustun” shaklida qo’shish qoidasini tushuntiring.
11) O’nli kasrlarning xona birliklarini aytib bering.
12) O’nli kasrlar xona birliklari bo’yicha qanday taqqoslanadi?
13)Sonni butungacha yaxlitlash deganda nimani tushunasiz?
14) Sonni biror xonagacha yaxlitlash qoidasini misolda tushuntirib bering.
15) Yigindini toping: 0,01+0,02+0,03+…+0,98+0,99=

Yüklə 75 Kb.

Dostları ilə paylaş:
1   2   3   4




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin