182-mashq. Ajratib ko'rsatilgan fe'llarni asos va qo'shimchalarga ajrating. Fe'l yasovchi qo'shimchalarning aytilishi va yozilishiga diqqat qiling.
Devor bo'ylab yuksalgan daraxtlarning tepasida yirik-yirik oshqovoqlar quyoshning so'nggi shu'lalari bilan oltinlanardi. Komila bir chekkada g'uj-g'uj ochilgan atirgulni hidlab, oshxonaga qaytdi, chaqqonlik bilan sabzi to'g'rayotgan Sharofatbibi yonida u-bu to'g'risida gaplashdi... Dalada mashinalar ko'paymoqda. O'g'it solishni ham mashinaga yukladik. Dehqonchilik mashinalari yana-yana yaxshilanaverdi. (Oybek) 1. Qaysi qo'shimchalar qo'shilganda asosda tovush o'zgarishi yuz beradi? 2. -illa qo'shimchasining aytilishi va imlosi haqida gapirib bering.
3.-y qo'shimchasi qaysi so'zlarga qo'shilganda tovushlar tushirib qoldiriladi?
4. -a qo'shimchasi qaysi so'zlarga qo'shilganda asosda tovush o'zgarishi bo'ladi?
IV. Yangi mavzuni mustahkamlash: Og’zaki savol-javob.
V.Uyga vazifa. VI. Dars yakuni. Baholarni tahlil qilish.
Ilmiy bo’lim mudiri: ______________________
« Ona tili» 6– “A”, “B” sinf 6 «A»____ ___________________ 6 «B»____ ___________________________ 59-dars FE'LLARNING TUZILISHIGA KO'RA TURLARI. SODDA FE'LLAR Darsning maqsadi: a) ta’limiy: Ona tili fanining nazariy va amaliy asoslarini o’rganish jarayonida o’quvchilarda
estetik did, estetik ong, ona tilimizga muhabbat, badiiy tafakkur va tasavvurini kamolga yetkazish va barkamol avlod tarbiyasiga zamin yaratish. b) tarbiyaviy: Ona tili fani orqali o’quvchilarga DTS asosida dars berish. Shu bilan bir qatorda
milliy iftihor, qadriyat sifatida e’tirof etish va uni hurmat qilishga o’rgatish.
c) rivojlantiruvchi: O’quvchilarni tafakkur va idrokini kengaytirish, ularni mustaqil fikrlashga o’rgatish.