c) kirish suhbati, o’quvchilarning og’zaki nutqini o’stirish
II. O’tgan mavzuni so’rash. a) individual - tarqatma materiallar, kartochka.
b) Frontal (guruh bilan ishlash)
III. Yangi mavzu: 1-t o p s h i r i q. Gaplarni ko'chiring, sodda, qo'shma va juft fe'llarni aniqlang.
1. Xolasinikida qandaydir bir mehmondorchilik o'tkaziladigan bo'ldi-yu, hammamiz o'sha yerga otlandik. (E. Usmonov) 2. Uning chehrasi ko'zimga tanishdek ko'rindi. Kimgadir o'xshaydi, lekin kimga? Eslolmadim. (S. Anorboyev) 3. O'yladi-o'yladi, lekin o'yining oxiriga yetolmadi. (N. Fozilov) 4. Chol unga yaqinlashib salom berdi. Qiz loqaydgina alik oldi. (F. Musajonov) 5. Nogoh entikdi-yu, egildi kamon. O'q uchdi belgisiz yoqlarga tomon. Keksa otasining qaddin dol etib. Ketib borar edi farzand shu zamon. (A. Oripov) 6. Yurib-yurib, oxiri yolg'iz bir uychaga duch keldi. (Ertakdan)
2-topshiriq. Gaplarni o'qib, ular tarkibidagi sodda fe'llardan qo'shma va juft fe'llar hosil qiling.
Namuna: so'radi — so'rab surishtirdi. 1. Men ham qiziqib bolaning yoniga bordim. Bolakay cho'chib tushdi. (Sh. Xolmirzayev) 2. Haydar ota yo'lakda kampiriga yo'liqdi. Kampir imo bilan Asrorqulni so'radi. (Abdulla Qahhor) 3. Go'yo har bir shox, har bir yaproq tagiga yashirinib olgan bulbullar tobora avjga chiqar, boshqa hamma qushlar ovozini bosib, yayrab-yayrab, to'lib-toshib sayrashardi. (O. Yoqubov) 4. Boshqalar ham bosh tebratib, bu fikrga qo'shildilar. (Cho'lpon) 5. Omon dasturxonni yig'ishtirdi. (G'afur G'ulom)
3-t o p s h i r i q. Quyidagi sodda fe'llarni qo'shma fe'llarga aylantiring, ular ishtirokida gaplar tuzing.
Sergaklanmoq, rivojlanmoq, moylamoq, jimimoq, susaymoq, qo'llamoq, chirqillamoq, xavotirlanmoq.
Nam una: sergaklanmoq — sergak bo'lmoq. Hamma narsadan ogoh va sergak bo'lishimiz kerak.