dars «Ona tili» 6– “A”, “B” sinf «A» «B» Mavzu: O'zbekistonda davlat tili va boshqa tillarning rivoji



Yüklə 1,44 Mb.
səhifə119/327
tarix13.05.2023
ölçüsü1,44 Mb.
#112944
1   ...   115   116   117   118   119   120   121   122   ...   327
6-sinf ona tili yillik dars ishlanma yangi

195-mashq. Matnni o'qing, holat fe'llarini topib, ko'chiring va ularni izohlang.
Qobil bobo yalang bosh, yalang oyoq, yaktakchan og'il eshigi yonida turib dag'-dag' titraydi, tizzalari bukilib-bukilib ketadi, ko'zlari jovdiraydi, hammaga qaraydi, ammo hech kimni ko'rmaydi.
Xotinlar o'g'rini qarg'aydi, it huradi, tovuqlar qaqag'laydi. Kimdir shunday kichkina teshikdan ho'kiz sig'ishiga aql ishonmasligi to'g'risida kishilarga gap ma'qullaydi. (Abdulla Qahhor)
196-mashq. Quyidagi fe'llarni jadvalga joylashtiring va ular ishtirokida og'zaki gaplar tuzing.
Chaqirmoq, qimirlatmoq, fahmlamoq, xo'rsinmoq, kiyintirmoq, o'rtoqlashmoq, sevinib ketmoq, tushuntirmoq, fikrlamoq, kutmoq, jilmaymoq, burilmoq, ko'tarmoq, ovqatlanmoq, g'izillamoq, tekislamoq, parvarishlamoq, duduqlanmoq.

Nutqiy faoliyat fe'llari

Aqliy faoliyat fe'llari

Jismoniy faoliyat fe'llari

Holat fe'llari













197-mashq. Matnni ko'chiring, fe'llarning ma'no guruhlarini aniqlang.
1. Otam so'zimni eshitdi: yelkasi osha qaradi-da: - Ha! — deb to'ng'illab qo'ydi. (Sh. Xolmirzayev) 2. Dadam har kuni ishga ketishda ham, ishdan qaytib kelib ham uni qo'liga olar, suyar, chug'urlatar, gaplariga, qiliqlariga zavq qilib kular edi. (Abdulla Qahhor) 3. Men ular bilan to'rt marta gaplashdim. (P. Qodirov) 4. Mirhaydar ota, sizga bir arzim bor,— murojaat etdi birdan jonlanib O'ktam. (Oybek)
1. Jismoniy faoliyat fe'llari deb nimaga aytiladi?
2. Aqliy faoliyat fe'llariga misollar keltiring.

Yüklə 1,44 Mb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   115   116   117   118   119   120   121   122   ...   327




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin