Tashkiliy qism: A) Sinf xonasini tozaligiga e’ribor berish;
B) O’quvchilar bilan salomlashish.
C) O’quvchilarning darsga tayyorgarligini teshirish.
D) O’quvchilarni darsga jalb qilish va davomatni anilash;
E) O’quvchilarga o’tilgan mavzular yuzasidan savollar berish;
Dars uslubi: an’anaviy, noan’anaviy (tagiga chizilsin)
Dars jihozi: Darslik, kompyuter, tarqatma materiallar, ko’rgazmali qurollar...
Dars shiori: Tilga ixtiyorsiz, elga e’tiborsiz (A.Navoiy) Foydalaniladigan adabiyotlar: 1) «Ona tili» 7-sinf uchun darslik.
I. Darsning borishi: a) salomlashish
b)navbatchilik hisoboti, sinf tozaligi va davomatni nazorat qilish
c) kirish suhbati, o’quvchilarning og’zaki nutqini o’stirish
II. O’tgan mavzuni so’rash. a) individual - tarqatma materiallar, kartochka.
b) Frontal (guruh bilan ishlash)
III. Yangi mavzu: 1-topshiriq. Berilgan fe'llarni tarkibiy qismlarga ajrating. O'yladim, ko'rding, yozdi, chiqsin.
2-topshiriq. Fe'lning asos qismiga qo'shilgan qo'shimchalarning vazifalarini ayting.
BILIB OLING. Fe'l asoslariga qo'shilib, gapda kesim vazifasida qo'llanilishiga xoslovchi shakllar fe'llarning munosabat shakllari hisoblanadi. Fe'llarning zamon, mayl, shaxs-son qo'shimchalari munosabat shakllari sanaladi. Bu shakllarga ega bo'lgan har qanday fe'l gapda kesim vazifasida keladi. Yuqoridagi ma'no va shakllardan xoli bo'lgan fe'l asosi fe'lning noaniq shakli hisoblanadi va bu shakl -moq qo'shimchasi yordamida ifodalanadi.
199-mashq. Fe'lning quyidagi noaniq shakllarini zamon bildiruvchi shakllariga aylantiring.
Eshitilmoq, o'lchamoq, kesmoq, toshmoq.
200-mashq. Matnni o'qing, fe'llarni tarkibiy qismlarga ajrating. Asosga qo'shilib kelayotgan munosabat shakllarini izohlang. Fe'llarning noaniq shaklini belgilang.
Mirsodiq ko'chaning ikki betidagi turnaqator fonarlar nurida eron gilamidek tovlanib yotgan bu gullarga suq bilan tikilib borar ekan, bir shoxi singan na'matakka ko'zi tushib qoldi. Qaysi bag'ritosh sindirdi ekan? U yaqinroq kelib qaradi, yo'q, sinibdi-yu, uzilmabdi. Quyoshga tomon bo'y cho'zib qaddini rostlab boryapti. Mirsodiq jilmayib qo'ydi. U, albatta, o'sadi, ulg'ayadi. U ochgan gullarining muattar hidi kishilar chehrasiga tabassum, shodlik baxsh etadi, qalblarini ravshan qiladi. Hayot qonuni shunday! (O'. Umarbekov)
201-mashq. Ko'paydilar, qilmaslar, saqlaning, topdik, keltirishdi, ketishmoqda fe'llarini tarkibiy qismlariga ajrating. Munosabat bildiruvchi qo'shimchalarni aniqlang va bu qo'shimchalarni olgan so'zlar ishtirokida gaplar tuzing.
1. Fe'lning noaniq shakli deb nimaga aytiladi?
2. Fe'lning munosabat shakllari haqida so'zlab bering.
3. Fe'lning noaniq shakliga munosabat shakllari qanday qo'shiladi?
202-mashq. Uyga vazifa. Urinmoq, isbotlanmoq, orzu qilmoq, ruhlanmoq, yurmoq fe'llarining munosabat shakllarini yasang va ular ishtirokida gaplar tuzing.