Tashkiliy qism: A) Sinf xonasini tozaligiga e’ribor berish;
B) O’quvchilar bilan salomlashish.
C) O’quvchilarning darsga tayyorgarligini teshirish.
D) O’quvchilarni darsga jalb qilish va davomatni anilash;
E) O’quvchilarga o’tilgan mavzular yuzasidan savollar berish;
Dars uslubi: an’anaviy, noan’anaviy (tagiga chizilsin)
Dars jihozi: Darslik, kompyuter, tarqatma materiallar, ko’rgazmali qurollar...
Dars shiori: Tilga ixtiyorsiz, elga e’tiborsiz (A.Navoiy) Foydalaniladigan adabiyotlar: 1) «Ona tili» 7-sinf uchun darslik.
I. Darsning borishi: a) salomlashish
b)navbatchilik hisoboti, sinf tozaligi va davomatni nazorat qilish
c) kirish suhbati, o’quvchilarning og’zaki nutqini o’stirish
II. O’tgan mavzuni so’rash. a) individual - tarqatma materiallar, kartochka.
b) Frontal (guruh bilan ishlash)
III. Yangi mavzu: 1-topshiriq. Berilgan fe'llar qatoridan hozirgi zamon shakllarini ajrating.
Tinglagan, tinglayapti, tinglamoqda, tinglayotir, tinglayotibdi, yurgan, yuryapti, yurmoqda, yurayotir, yurayotibdi.
2-topshiriq.Yuqoridagi fe'llarda qaysi holatda -yotir, -yotibdi; qaysi holatda -ayotir, -ayotibdi shakllari qo'llanilishini ayting.
BILIB OLING. -yotir, -yotib shakllari unli bilan tugagan fe'l asoslariga, -ayotir, -ayotib shakllari esa undosh bilan tugagan fe'l asoslariga qo'shiladi. -yap shakli undosh bilan tugagan fe'l asoslariga qo'shilib, -ayap holida talaffuz qilinsa ham, -yap yoziladi.
218-mashq. Matnni o'qing. Fe'llarni aniqlab, ularni daftaringizga ko'chiring, qaysi zamon shaklida ekanligini ayting.
Ra'no uyda biror ish qilishi kerak bo'lsa, oyisining buyrug'ini kutib turmay bajaraverar ekan. Bir kuni u ertalab turib, kechasi ko'rgan tushini oyisiga aytibdi:
— Tushimda menga yo'l-yo'l chit ko'ylak olib kelyapsiz.
— Yaxshi tush ko'ribsan, — dedi oyisi. — Demak, uyga mehmon kelayotir.
Bu gapni eshitgan Ra'no darrov o'rnidan turib eshikka chiqdi. Oyisi qarasa, u hovliga suv sepmoqda, hovli supurmoqda. (Aziz Abdurazzoq)
219-mashq. Quyida berilgan fe'l asoslariga -yapti, -yotir, -moqda qo'shimchalarini qo'shing. Ularning talaffuzi va imlosini tushuntiring.
Kel, uxla, o'qi, tur, o'tir, yoz, to'xta, ishla, ye, qo'y.