dars «Ona tili» 6– “A”, “B” sinf «A» «B» Mavzu: O'zbekistonda davlat tili va boshqa tillarning rivoji



Yüklə 1,44 Mb.
səhifə16/327
tarix13.05.2023
ölçüsü1,44 Mb.
#112944
1   ...   12   13   14   15   16   17   18   19   ...   327
6-sinf ona tili yillik dars ishlanma yangi

Tashkiliy qism:
A) Sinf xonasini tozaligiga e’ribor berish;
B) O’quvchilar bilan salomlashish.
C) O’quvchilarning darsga tayyorgarligini teshirish.
D) O’quvchilarni darsga jalb qilish va davomatni anilash;
E) O’quvchilarga o’tilgan mavzular yuzasidan savollar berish;
Dars uslubi: an’anaviy, noan’anaviy (tagiga chizilsin)
Dars jihozi: Darslik, kompyuter, tarqatma materiallar, ko’rgazmali qurollar...
Dars shiori: Tilga ixtiyorsiz, elga e’tiborsiz (A.Navoiy)
Foydalaniladigan adabiyotlar:
1) «Ona tili» 7-sinf uchun darslik.
I. Darsning borishi:
a) salomlashish
b) navbatchilik hisoboti, sinf tozaligi va davomatni nazorat qilish
c) kirish suhbati, o’quvchilarning og’zaki nutqini o’stirish
II. O’tgan mavzuni so’rash.
a) individual - tarqatma materiallar, kartochka.
b) Frontal (guruh bilan ishlash)
III. Yangi mavzu:
1. Eskirgan so'zlar deb qanday so'zlarga aytiladi?
2. Yangi paydo bo'lgan so'zlarga misollar keltiring.
3. Atamalar deb nimaga aytiladi?
4. Shevaga xos so'zlarga misollar ayting.
5. Iboralar haqida so'zlab bering.
6. Lug'atshunoslikda nimalar o'rganiladi?


33-mashq. Eskirgan so'zlarni aniqlab, ularga izoh bering.
Amir Temur katta olimlarni, xususan, fiqhshunoslar, muhaddislar, muarrixlar, faylasuflar, munajjimlar, shuaro va musiqashunoslar, tabiblarni xush ko'rardi. Uning saroyiga ana shu ilmlarning juda ko'p namoyandalari to'plangan edi. Tarix kitoblari tufayli ko'plarining nomi saqlanib qolgan. (B.Ahmedov)


34-mashq. Tadbirkor, ishbilarmonlik, fermer, internet kabi tilimizda paydo bo'lgan yangi so'zlarga izoh bering. Ularning paydo bo'lish sabablarini tushuntiring.


35-mashq. Quyida berilgan atamalarni jadvalga joylashtiring va ularga izoh bering.
Ildizpoya, diagramma, urug'chilik, mezolit, hujayra, kasr, to'pgullar, fotosintez, konus, silindr, uchburchak, eneolit.



Tarixga oid

Matematikaga oid

Botanikaga oid












37-mashq. Iboralar izohidagi xatoliklarni to'g'rilab, daftaringizga ko'chiring. Ular ishtirokida og'zaki gaplar tuzing.
Kovushini to'g'rilab qo'ymoq (qo'rqmoq), kapalagi uchib ketmoq (boplamoq), og'zi qulog'ida (maqtamoq), ko'klarga ko'tarmoq (xursand), qovog'idan qor yog'moq (oson), xamirdan qil sug'urganday (xafa).

Yüklə 1,44 Mb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   12   13   14   15   16   17   18   19   ...   327




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin