Tashkiliy qism: A) Sinf xonasini tozaligiga e’ribor berish;
B) O’quvchilar bilan salomlashish.
C) O’quvchilarning darsga tayyorgarligini teshirish.
D) O’quvchilarni darsga jalb qilish va davomatni anilash;
E) O’quvchilarga o’tilgan mavzular yuzasidan savollar berish;
Dars uslubi: an’anaviy, noan’anaviy (tagiga chizilsin)
Dars jihozi: Darslik, kompyuter, tarqatma materiallar, ko’rgazmali qurollar...
Dars shiori: Tilga ixtiyorsiz, elga e’tiborsiz (A.Navoiy) Foydalaniladigan adabiyotlar: 1) «Ona tili» 7-sinf uchun darslik.
I. Darsning borishi: a) salomlashish
b) navbatchilik hisoboti, sinf tozaligi va davomatni nazorat qilish
c) kirish suhbati, o’quvchilarning og’zaki nutqini o’stirish
II. O’tgan mavzuni so’rash. a) individual - tarqatma materiallar, kartochka.
b) Frontal (guruh bilan ishlash)
III. Yangi mavzu: 1. Bir ma'noli va ko'p ma'noli so'zlar deb qanday so'zlarga aytiladi? 2. O'z va ko'chma ma'no deganda nimani tushunasiz? 3. Ko'chma ma'noli so'zlarga misollar keltiring.
24-mashq. Matnni o'qing. Bir ma'noli so'zlarni topib izohlang.
Golland olimi Van Batist Helmont o'n yettinchi asr boshida g'alati tajriba o'tkazdi. U bochkaga tarozida aniq o'lchangan tuproq soldi va tol ko'chatini ekdi. Keyin kuta boshladi. Oradan besh yil o'tgach, u daraxt bo'ldi, vazni 66 kilogrammga yetdi. Helmont tuproqni ham tortib ko'rdi. Tuproq avvalgi vaznidan 56 gramm yengil chiqdi. Olim o'simliklar faqat suv bilan oziqlanadi, degan xulosaga keldi, lekin u nohaq edi.
Endilikda ma'lumki, o'simliklar asosiy ozuqani quyosh nuri va havodan oladi. Ular karbonat angidridni yutib, kislorod chiqarib beradi. («Gulxan»dan)
25-mashq. Ikki guruhga bo'linib, musobaqa uyushtiring. Yer, oy, osmon, yulduz, ochiq, umr so'zlarini birinchi guruh o'z ma'nosida, ikkinchi guruh ko'chma ma'noda qo'llab gaplar tuzsin va izohlasin.
Namuna:
1 -guruh — Osmonda to'lin oy charaqladi. 2-guruh — Navoiy 1441-yilning fevral oyida tavallud topgan.
26-mashq. Matnni o'qing. Ko'chma ma'noda ishlatilgan so'zlarni topib, izohlang.
U ko'l yoqasiga kelib qolganini ham sezmadi. Ro'parasida tiniq suvday zilol ko'zguni ko'rdiki, uning go'zalligidan to'xtab qoldi... Ko'ldagi suv jimirlab turar, quyiroqda ko'kimtir tusga kirgan silliq toshlarga ohista urilardi. Elyorning vujudiga orombaxsh shabada yugurdi. U hovuchiga suv olib, yuz-qo'lini chaydi. Tomchilar go'yo durlar singari ko'lga bir zumda singib ketdi... (H. Ikromov)