O‘zini o‘zi rivojlantirish kompetensiyasi:
– mustaqil o‘qib o‘rganish, doimiy ravishda o‘z-o‘zini jismoniy, ma’naviy rivojlantirish, ijodiylik ko‘nikmalarini oshirib borish.
Milliy va umummadaniy kompetensiya:
– madaniy me’yorlarga va sog‘lom turmush tarziga hamda adabiy til me’yorlariga amal qilish.
Ijtimoiy faol fuqarolik kompetensiyasi:
– guruhlarda hamkorlikda ishlay olish va bunda muomala madaniyatiga ega bo‘lish.
Dars jarayoni
1.Tashkiliy qism 4 minut
2.O’tilgan mavzuni takrorlash( mustahkamlash) 12 minut
3.Yangi mavzuni tushuntirish 10 minut
4.Yangi mavzuni mustahkamlash 14 minut
5.O’quvchilarni baholash 3 minut
6. Uyga vazifa 2 minut
Tashkiliy qism:
A) Sinf xonasini tozaligiga e’ribor berish;
B) O’quvchilar bilan salomlashish.
C) O’quvchilarning darsga tayyorgarligini teshirish.
D) O’quvchilarni darsga jalb qilish va davomatni anilash;
E) O’quvchilarga o’tilgan mavzular yuzasidan savollar berish;
Dars uslubi: an’anaviy, noan’anaviy (tagiga chizilsin)
Dars jihozi: Darslik, kompyuter, tarqatma materiallar, ko’rgazmali qurollar...
Dars shiori: Tilga ixtiyorsiz, elga e’tiborsiz (A.Navoiy)
Foydalaniladigan adabiyotlar:
1) «Ona tili» 7-sinf uchun darslik.
I. Darsning borishi:
a) salomlashish
b) navbatchilik hisoboti, sinf tozaligi va davomatni nazorat qilish
c) kirish suhbati, o’quvchilarning og’zaki nutqini o’stirish
II. O’tgan mavzuni so’rash.
a) individual - tarqatma materiallar, kartochka.
b) Frontal (guruh bilan ishlash)
III. Yangi mavzu:
1. «Lotin yozuviga asoslangan yangi o'zbek alifbosiga o'tish to'g'risida»gi O'zbekiston Respublikasi Qonuni qachon qabul qilingan?
2. O'zbek alifbosini yoddan aytib bering.
3. Imlo qoidalari deganda nimani tushunasiz?
Matnni o'qing. Ajratib ko'rsatilgan so'zlarning talaffuzi va imlosidagi farqlarni tushuntiring.
— Yonboshingizdagi ulug'vor tog'lar, jonning huzuri, g'ir-g'ir shaboda... Sut, qimiz, serob, — hazillashdi Komila. — Jannat-ku bu hayot, o'zim cho'pon bo'lar edim, iloji bo'lsa, rost aytyapman. Cho'ponlar gurillab xoxoladilar.
Siyrak soqol, burishgan yuzli, qotma gavdali cho'pon chol e'tiroz qildi:
— Ehe, Komilaxon, yoshsiz, bilmaysiz, bu hunarning ham mashaqqati zo'r, og'ir mehnat. Qo'ylar misli chaqaloq, parvarishning talabgori ular. Tog'da bo'ronlar, sellar, toshqinlar, shamollar... Oho, ofat behad ko'p. Hamisha ziyraklik lozim. (Oybek)
17-mashq. Quyida berilgan so'zlarning imlosiga diqqat qiling va ular ishtirokida gaplar tuzing.
Uzum, darvozabon, jahongashta, jigarband, donishmand, xushomadgo'y, serdaromad, shod-xurram, hukumat, madaniyat, qahqaha, hasharot, muddao, olimpiada.
18-mashq. So'zlarni alifbo tartibida daftaringizga yozing.
Sabzavot, poytaxt, zangori, jonajon, bosmaxona, manzil, do'stlarcha, xavf-xatar, ilhom, g'uborsiz, inoq, albatta.
19-mashq. Uyga vazifa. Quyidagi so'zlar ishtirokida gaplar tuzing, ularning talaffuzi va yozilishidagi farqlarni toping.
San'at, hujum, ma'rifat, shogird, mehmondo'st, botanika. Nam una: O'zbek san'atining dovrug'i butun dunyoga yoyilmoqda.
Dostları ilə paylaş: |