a) individual - tarqatma materiallar, kartochka.
b) Frontal (guruh bilan ishlash)
III. Yangi mavzu 1-topshiriq. Berilgan otlarni jadvaldagi guruhlarga ajrating. Imlosini izohlang.
Sog'liqni saqlash vazirligi, Birlashgan Millatlar Tashkiloti, O'zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasi, O'zbekiston Oliy Majlisi, O'zbekiston Milliy universiteti, Toshkent traktor zavodi.
BILIB OLING. Xalqaro tashkilot, oliy davlat tashkilotlari va mansablarining nomlari tarkibidagi har bir so'z bosh harf bilan yoziladi. Vazirliklar, idoralar, tashkilotlar va korxonalar nomi tarkibidagi birinchi so'z bosh harf bilan yoziladi. Turli korxonalar, mahsulotlar, inshootlar, transport vositalari kabilarga berilgan shartli nomlar qo'shtirnoq ichida bosh harf bilan (birikmali holatlarda faqat birinchi so'z) yoziladi: «Turkiston» (saroy), «Sharq gullari» (firma).
275-mashq. Tashkilot, korxona va muassasa nomlarini jadvalga joylashtiring va ular ishtirokida gaplar tuzing.
«Bahor» konsert zali, Xalqaro Olimpiya Qo'mitasi, Oliy xo'jalik sudi, Buxoro viloyati hokimligi, «Damas» avtomashinasi, «O'qituvchi» nashriyoti, «Umid» firmasi, «Istiqbol» fermer xo'jaligi, «Malika» ishlab chiqarish birlashmasi, «Nuroniy» jamg'armasi, Samarqand chinni zavodi, Quvasoy sement zavodi, «Turkiston» saroyi, Temuriylar tarixi davlat muzeyi, Guliston davlat universiteti.