dars «Ona tili» 6– “A”, “B” sinf «A» «B» Mavzu: O'zbekistonda davlat tili va boshqa tillarning rivoji


Axborotlar bilan ishlash kompetensiyasi



Yüklə 1,44 Mb.
səhifə179/327
tarix13.05.2023
ölçüsü1,44 Mb.
#112944
1   ...   175   176   177   178   179   180   181   182   ...   327
6-sinf ona tili yillik dars ishlanma yangi

Axborotlar bilan ishlash kompetensiyasi:
– darslik (lug‘atlar), kutubxona hamda media manbalardan zarur ma’lumotlarni izlab topa olish, saqlash.
O‘zini o‘zi rivojlantirish kompetensiyasi:
– mustaqil o‘qib o‘rganish, doimiy ravishda o‘z-o‘zini jismoniy, ma’naviy rivojlantirish, ijodiylik ko‘nikmalarini oshirib borish.
Milliy va umummadaniy kompetensiya:
– madaniy me’yorlarga va sog‘lom turmush tarziga hamda adabiy til me’yorlariga amal qilish.
Ijtimoiy faol fuqarolik kompetensiyasi:
– guruhlarda hamkorlikda ishlay olish va bunda muomala madaniyatiga ega bo‘lish.
Dars jarayoni
1.Tashkiliy qism 4 minut
2.O’tilgan mavzuni takrorlash( mustahkamlash) 12 minut
3.Yangi mavzuni tushuntirish 10 minut
4.Yangi mavzuni mustahkamlash 14 minut
5.O’quvchilarni baholash 3 minut
6. Uyga vazifa 2 minut
Dars uslubi: an’anaviy, noan’anaviy (tagiga chizilsin)
Dars jihozi: Darslik, kompyuter, tarqatma materiallar, korgazmali qurollar...
Dars shiori: Tilga ixtiyorsiz - elga e`tiborsiz. ( A. Navoiy )
Foydalaniladigan adabiyotlar:
«Ona tili» 6 -sinf uchun darslik. 6-sinf darsligining elektron varianti.
I. Darsning borishi:
a) salomlashish b) sinf tozaligi va davomatni nazorat qilish
c) kirish suhbati, oquvchilarning ogzaki nutqini ostirish
II. Otgan mavzuni sorash.
a) individual - tarqatma materiallar, kartochka.
b) Frontal (guruh bilan ishlash)
III. Yangi mavzu
BILIB OLING. Tarixiy sana va bayramlarning nomlari tarkibidagi birinchi so'z bosh harf bilan yoziladi.


278-mashq. Gaplarni ko'chiring. Tarixiy sanalar va bayram nomlarini topib, ularga izoh bering.
1. Ramazon kirdi... Dadam meni bozorshabga olib bordi. (Abdulla Qahhor) 2. Aytganingiz kelsin, — dedi onamning chehrasi ochilib,— hamal-amal, o'lmagan qul bahorni ham ko'radi. Navro'z keladi... Navro'z so'zini eshitib, yuragim to'lqinlanib ketdi. (N. Safarov) 3. Yangi yilda uyimizga, baxsh etib zavq-u safo. Kirib keldi hassasini do'qillatib Qorbobo. (H. Imonberdiyev)


279-mashq. Bayram nomlarini o'qing. Ularning mohiyatini tushuntirib bering.
O'zbekiston Respublikasi hududida quyidagi kunlar bayram (dam olish) kunlari deb belgilangan.
1-yanvar – Yangi yil; 8-mart — Xalqaro xotin-qizlar kuni; 21-mart — Navro'z bayrami; 9-may-Xotira va qadrlash kuni; 1-sentabr — Mustaqillik kuni; 8-dekabr — Konstitutsiya kuni; 1-oktabr —O'qituvchi va murabbiylar kuni; Ro'za hayiti; Qurbon hayiti (kunlari o'zgarib turadi).


280-mashq. Matnni o'qing. Mustaqillikning nima uchun bayram qilinishi haqida bahs yuriting.
Respublika Oliy Kengashining XII chaqiriq navbatdan tashqari oltinchi sessiyasida O'zbekiston Respublikasining davlat mustaqilligi e'lon qilindi va 1-sentabr O'zbekiston Respublikasining Mustaqillik kuni deb e'lon qilindi. 1991-yildan boshlab bu kun mamlakatimizning bosh bayrami sifatida katta tantanalar bilan nishonlanib kelinmoqda.
1. O'zbekiston Respublikasida qanday kunlar bayram kunlari deb e'lon qilingan? 2. Qanday tarixiy sanalarni bilasiz?


IV. Yangi mavzuni mustahkamlash: Ogzaki savol-javob.
V. Uyga vazifa

Yüklə 1,44 Mb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   175   176   177   178   179   180   181   182   ...   327




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin