dars «Ona tili» 6– “A”, “B” sinf «A» «B» Mavzu: O'zbekistonda davlat tili va boshqa tillarning rivoji



Yüklə 1,44 Mb.
səhifə219/327
tarix13.05.2023
ölçüsü1,44 Mb.
#112944
1   ...   215   216   217   218   219   220   221   222   ...   327
6-sinf ona tili yillik dars ishlanma yangi

Dars jihozi: Darslik, kompyuter, tarqatma materiallar, korgazmali qurollar...
Dars shiori: Tilga ixtiyorsiz - elga e`tiborsiz. ( A. Navoiy )
Foydalaniladigan adabiyotlar:
«Ona tili» 6 -sinf uchun darslik. 6-sinf darsligining elektron varianti.
I. Darsning borishi:
a) salomlashish b) sinf tozaligi va davomatni nazorat qilish
c) kirish suhbati, oquvchilarning ogzaki nutqini ostirish
II. Otgan mavzuni sorash.
a) individual - tarqatma materiallar, kartochka.
b) Frontal (guruh bilan ishlash)
III. Yangi mavzu
Topshiriq. Berilgan sifatlarning tarkibiga ko'ra qanday sifat ekanligini aniqlang. Sodda sifat bilan juft sifatni solishtirib, juft sifat ma'nosida qanday o'zgarish bo'layotganini ayting. Imlosiga e'tibor bering.
Qing'ir-qiyshiq, g'adir-budur, egri-bugri, katta-kichik.


BILIB OLING. O'zaro yaqin yoki zid ma'noli ikki asosning juft kelishidan hosil bo'lgan sifat juft sifat hisoblanadi. Juft sifat qismlari chiziqcha bilan yoziladi.


ESDA TUTING. Juft sifat qismlari -u, -yu vositasida bog'lansa, ular ajratib yoziladi: yakka-yu yagona.

344-mashq. Gaplarni o'qing. Juft sifatlarni topib, ularni izohlang.


1. Kasbning katta-kichigi bo'lmaydi. (M. Oripova) 2. Shu payt toshdan tushib kelayotgan sarg'ish-qo'ng'ir ayiqning bahaybat gavdasi ko'rinib qoldi. (P. Qodirov) 3. G'ir-g'ir shaboda turli-tuman giyohlarning hidlarini olib keladi. (Oybek) 4. Baland-past devorlar orqasidagi mevalarning oq, pushti, qizil gullariga tabassum bilan qaraysan. (O'. Umarbekov)
345-mashq. Gaplarni o'qing, nuqtalar o'rniga berilgan so'zlardan mosini qo'ying.
1. Shoshilish, yengil-... ishlarga havas, jahldorlik — nodonlar ishi. 2. Goho-goho keladigan uzuq-... xabarlardan boshqa aloqa yo'q. (O. Yoqubov) 3. Sehrli qalpoq axtarib eski-... kiyim-boshlar tashlanadigan burchak-surchaklarni tintuv qilib yurgan edim. (X. To'xtaboyev) 4. Mayda-... narsalar tugilgan ro'molni ko'tarib qorovulxonaga kirdi. (N. Yoqubov) 5. Mahallaning qora-... bolalari shoxdan-shoxga tirmashadi. (O'. Hoshimov)
So'zlar: chuyda, yuluq, yelpi, tuski, qura.
1. Juft sifatlar deb nimaga aytiladi?
2. Juft sifatlar qanday yoziladi?
3. Juft sifatlar o'rtasida -u, -yu vositalari ishlatilganda ularning imlosida qanday o'zgarish sodir bo'ladi?
346-mashq. Uyga vazifa. Gaplarni o'qing. Ajratib ko'rsatilgan so'zlarga izoh bering. Ular ishtirokida gaplar tuzing.
1. Menga o'xshash esli-hushli yigitga zoriqib o'tirgan ekan. (X. To’xtaboyev) 2. Qo'llari ketmon, o'roq, ayri ushlayverganidan g'adir-budur, haqiqiy dehqon edilar. (S. Anorboyev) 3. Ba'zan plitka shokoladmi, arzon-garov qo'g'irchoqmi olib keladi. (Shuhrat) 4. Shag'al to'kilgan o'ydim-chuqur yo'ldan yurish it azobini bersa-da Yigitali chidadi. (Tohir Malik) 5. Alg'ov-dalg'ov shamol esib turar edi. (N. Arslonov) 6. Shoxlar qurib, ularda yakkam-dukkam yaproqlargina qoladi. (Omon Muxtor)


IV. Yangi mavzuni mustahkamlash: Ogzaki savol-javob.
V. Uyga vazifa

Yüklə 1,44 Mb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   215   216   217   218   219   220   221   222   ...   327




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin