dars «Ona tili» 6– “A”, “B” sinf «A» «B» Mavzu: O'zbekistonda davlat tili va boshqa tillarning rivoji



Yüklə 1,44 Mb.
səhifə227/327
tarix13.05.2023
ölçüsü1,44 Mb.
#112944
1   ...   223   224   225   226   227   228   229   230   ...   327
6-sinf ona tili yillik dars ishlanma yangi

Dars jihozi: Darslik, kompyuter, tarqatma materiallar, korgazmali qurollar...
Dars shiori: Tilga ixtiyorsiz - elga e`tiborsiz. ( A. Navoiy )
Foydalaniladigan adabiyotlar:
«Ona tili» 6 -sinf uchun darslik. 6-sinf darsligining elektron varianti.
I. Darsning borishi:
a) salomlashish b) sinf tozaligi va davomatni nazorat qilish
c) kirish suhbati, oquvchilarning ogzaki nutqini ostirish
II. Otgan mavzuni sorash.
a) individual - tarqatma materiallar, kartochka.
b) Frontal (guruh bilan ishlash)
III. Yangi mavzu
Topshiriq. Birikmalar tarkibidagi sifatlarning qaysi daraja shaklida ekanini ayting.
Shirin olma, katta bino, toza suv.

BILIB OLING. Belgining odatdagi me'yorda ekanligini bildiruvchi va boshqa darajalar uchun asos bo'lib xizmat qiluvchi sifat shakli oddiy daraja shakli deyiladi.




359-mashq. Matnni o'qing. Oddiy darajadagi sifatlarni aniqlab, ularga izoh bering.
1. Lola qizil, oq, sariq ranglarda tovlanib ochildi. (Aziz Abdurazzoq) 2. Maktabga qatnay boshlagandan keyin uning ko'z o'ngida yangi olam ochildi. (O’. Hoshimov) 3. Chakalakzor qorong'ulikda vahimali va sirli ko'rinardi. (Yo'ldosh Sulaymon) 4. Zamonamga sadoqatli, dili sof, toza iymonman. (Qodir Dehqon)


360-mashq. Sifatlar qatoridan oddiy darajadagi sifatlarni toping, ular ishtirokida gaplar tuzing.
Sariq, yam-yashil, bahavo, ulkan, juda uzun, eng baland, jasur, dangasaroq, xayolchan.


361-mashq. Matnni ko'chiring. Oddiy darajadagi sifatlarning tagiga chizing va izohlang.
Behi atirguldoshlar oilasiga mansub, bo'yi o'n ikki metrga boradigan sershox daraxt. Barglari tukli, tuxumsimon yoki keng ellipssimon, bandi kalta, shoxlarda ketma-ket joylashgan.
1. Oddiy darajadagi sifatlarga misollar ayting.
2. Qiyosiy darajadagi sifatlar qanday yasaladi?
3. Orttirma darajadagi sifatlarga misollar keltiring.

Mevasi tukli, sariq yoki tillarang, ko'rinishi yumaloq yoki biroz cho'ziq bo'lishi mumkin. Mevasi yetilib pishganda sershira bo'ladi. (A. Madrahimov)


1. Rang-tus bildiruvchi sifatlarning oddiy daraja shakliga misollar keltiring.
2. Maza-ta'm bildiruvchi sifatlarning oddiy darajadagi shakllari ishtirokida gaplar tuzing.
3. Keng, uzun, ulkan sifatlarining oddiy, qiyosiy, orttirma daraja shakllarini toping.
IV. Yangi mavzuni mustahkamlash: Ogzaki savol-javob.
V. Uyga vazifa

Yüklə 1,44 Mb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   223   224   225   226   227   228   229   230   ...   327




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin