dars «Ona tili» 6– “A”, “B” sinf «A» «B» Mavzu: O'zbekistonda davlat tili va boshqa tillarning rivoji



Yüklə 1,44 Mb.
səhifə225/327
tarix13.05.2023
ölçüsü1,44 Mb.
#112944
1   ...   221   222   223   224   225   226   227   228   ...   327
6-sinf ona tili yillik dars ishlanma yangi

Dars jihozi: Darslik, kompyuter, tarqatma materiallar, korgazmali qurollar...
Dars shiori: Tilga ixtiyorsiz - elga e`tiborsiz. ( A. Navoiy )
Foydalaniladigan adabiyotlar:
«Ona tili» 6 -sinf uchun darslik. 6-sinf darsligining elektron varianti.
I. Darsning borishi:
a) salomlashish b) sinf tozaligi va davomatni nazorat qilish
c) kirish suhbati, oquvchilarning ogzaki nutqini ostirish
II. Otgan mavzuni sorash.
a) individual - tarqatma materiallar, kartochka.
b) Frontal (guruh bilan ishlash)
III. Yangi mavzu
Topshiriq. Berilgan birikma tarkibidagi sifatlarni aniqlang. Sifatlarga -roq qo'shimchasi va juda, eng singari so'zlarni qo'shing. Ular o'rtasida qanday ma'no farqlanishi mavjudligini ayting.
Aqlli bola. Shirin ovqat. Mazali qovun.


BILIB OLING. Belgining ortiq yoki kamlik jihatidan farqlanishi sifat darajalari, ana shunday ma'no ifodalovchi shakllar esa daraja shakllari deyiladi.


ESDA SAQLANG. Sifatning quyidagi to'rt xil darajasi mavjud: 1) oddiy daraja; 2) qiyosiy daraja; 3) orttirma daraja; 4) ozaytirma daraja.

355-mashq. Sifatlarni toping, ularni asliy va nisbiy sifatlarga ajrating, darajalarini aniqlang.


1. Xalqimiz qadimdan shu zaminga kuchli mehr, yuksak madaniyat ila munosabatda bo'lganlar. (M. Badalov) 2. Kampirning bu so'zlarida cheksiz mehr, allaqanday nozik ichki bir dard bor edi. (O. Yoqubov) 3. Elchi o'rnidan turib, yuzlari cho'zinchoq, ko'zlari katta, novchadan kelgan Siparganizga ta'zim qildi. (Mirkarim Osim) 4. Kelinga ko'zimiz tushadi: yumaloq qip-qizil loladay yuzli, ko'zlari uchqunli, yaxshigina, go'zalgina qiz. (Oybek) 5. Sadafbibi qoramag'izdan kelgan, yuzlari yumaloq, qosh-ko'zlari qop-qora. (O. Yoqubov)

356-mashq. Matnni o'qing, sifatlarni aniqlab, ularga izoh bering.


Beruniy uchlari jingalak, qalin moshguruch soqolini tutamlaganicha o'yga toldi. Tokchadagi shamlar shu'lasida uning bir-biriga tutashgan o'siq qoshlari, cho'zinchoq, qoramtir yuzi, chambarak qalpoqchasi tagidan bo'rtib chiqqan do'ng peshonasi, uzun qiyg'ir burni — butun qiyofasi qandaydir juda shiddatli ko'rinar, zotan, dong'i ketgan allomalardan ko'ra suronli janglarda toblangan lashkarboshiga o'xshab ketardi. (O. Yoqubov)

357-mashq. Sifatlarni aniqlab, ularga -roq qo'shimchasini, juda, eng, g'oyatda so'zlarini qo'shing, ularning gap ma'nosiga qanday ta'sir etayotganini aniqlang.


Bobur temuriylar sulolasining so'nggi yirik vakili edi. U tadbirkor va jasur lashkarboshi, dono va adolatli hokim, fozil va o'qimishli inson, ajoyib lirik shoir, ilmning turli sohalaridan yaxshigina xabardor bo'lgan yetuk olim edi. Uning «Boburnoma» asari haligacha Sharqdagi voqeot janrining beqiyos namunasi bo'lib kelmoqda. (F. Sulaymonova)


IV. Yangi mavzuni mustahkamlash: Ogzaki savol-javob.
V. Uyga vazifa

Yüklə 1,44 Mb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   221   222   223   224   225   226   227   228   ...   327




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin