Dars uslubi: an’anaviy, noan’anaviy (tagiga chizilsin)
Dars jihozi: Darslik, kompyuter, tarqatma materiallar, ko’rgazmali qurollar...
Dars shiori: Tilga ixtiyorsiz - elga e`tiborsiz. ( A. Navoiy ) Foydalaniladigan adabiyotlar: «Ona tili» 6 -sinf uchun darslik. 6-sinf darsligining elektron varianti.
I. Darsning borishi: a)salomlashish b) sinf tozaligi va davomatni nazorat qilish
c)kirish suhbati, o’quvchilarning og’zaki nutqini o’stirish
II. O’tgan mavzuni so’rash. a) individual - tarqatma materiallar, kartochka.
b) Frontal (guruh bilan ishlash)
III. Yangi mavzu
BILIB OLING. Narsalarning miqdorini donalab ifodalaydigan sonlar dona son deyiladi. Ular -ta qo'shimchasi yordamida yasaladi. Donalash ma'nosi -ta qo'shimchasidan tashqari dona so'zi bilan ham ifodalanadi. Donalab sanalayotgan narsalarning turini ta'kidlash uchun -ta qo'shimchasi o'rnida bosh (hayvonlar), nafar (shaxslar), tup (o'simliklar, litr (suyuqlik), gramm (og'irlik) kabi so'zlar ham ishlatiladi.
400-mashq. Gaplarni yozing. Sonlarning yasalishini tushuntirib bering.
1. Kecha tog'ang berib ketgan zog'oradan ikkitasini olib qo'yganman, birgalashib choy ichamiz. 2. Nafis chayqaladi bir tup na'matak Yuksakda shamolning belanchagida, Quyoshga ko'tarib bir savat oq gul, Viqor-la o'shshaygan qoya labida. (Oybek) 3. Derazamning oldida bir tup O'rik oppoq bo'lib gulladi. (Hamid Olimjon) 4. Bir tup kessang, o'n tup ek. (Maqol) 5. Jo'jalardan ikkitasini kalxat oldi, qolgan ikki kam o'ttiztasi o'sib tovuq bo'ldi. Sakkiztasini olib qolib, yigirmatasini bozorga olib borib sotib, bitta ona-bola echki olib kelib, bularni ham boqa berdi. (Ertakdan)