Sonlar: birni, o'nni, yigirma besh, ikki-uch, ikkala, birinchi, bitta. 394-mashq. Boshqotirma. Kataklarga tegishli sonlarni to'g'ri joylashtirsangiz, o'rtadagi ustunchada to'qqiz so'zi hosil bo'ladi.
1. Uchinchi o'nlik
2. Birinchi o'nlik
3. To'rtinchi o'nlik
4. To'qqizinchi o'nlik
5. O'nlikning ikkinchi soni
6. Yuzlik son
1. Miqdor va tartib sonlarning o'zaro farqini ayting. Miqdor sonlar qanday turlarga bo'linadi? 2. Beshtadan, bir yarim, oltovlon, ikkita sonlarining ma'no turlarini ayting va ular ishtirokida gaplar tuzing.
IV. Yangi mavzuni mustahkamlash: Og’zaki savol-javob.
V.Uyga vazifa VI. Dars yakuni. Baholarni tahlil qilish.
O’quv-tarbiya ishlari bo’yicha direktor o’rinbosari: _____________________ Ona tili» 6– “A”, “B” sinf Sana: ___________ _________ Soati______ MAVZU: SANOQ SON Darsning maqsadi: a) ta’limiy: Ona tili fanining nazariy va amaliy asoslarini o’rganish jarayonida o’quvchilarda estetik did, estetik ong, ona tiliga muhabbat, badiiy tafakkur va tasavvurini kamolga yetkazish va barkamol avlod tarbiyasiga zamin yaratish. b) tarbiyaviy: Ona tili fani orqali o’quvchilarga DTS asosida dars berish.
c) rivojlantiruvchi: O’quvchilarni tafakkur va idrokini kengaytirish, ularni mustaqil fikrlashga o’rgatish.
Nutqiy kompetensiya (tinglab tushunish, so‘zlash, o‘qish, yozish):
Berilgan topshiriq, sodda matnlarni tinglab tushuna oladi;
Axborotlar bilan ishlash kompetensiyasi: – darslik (lug‘atlar), kutubxona hamda media manbalardan zarur ma’lumotlarni izlab topa olish, saqlash.
O‘zini o‘zi rivojlantirish kompetensiyasi: – mustaqil o‘qib o‘rganish, doimiy ravishda o‘z-o‘zini jismoniy, ma’naviy rivojlantirish, ijodiylik ko‘nikmalarini oshirib borish.