Toshkent viloyati Angren shahar
43-sonli IDUMning
ona tili va adabiyot fani oʻqituvchisi
Abduraximova Maftunaning
8-“D” sinfda adabiyot fanidan
“Shubxa ” hikoyasi mavzusida tayyorlagan bir soatlik ochiq
DARS ISHLANMASI
Mavzu: Robindranat Thokur "Shubxa"hikoyasi
Sana: 28.04.2023
Fan: adabiyot
Dars mavzusi: "Shubxa" hikoyasi
Darsning maqsadi:
a) ta’limiy: Robindranat Thokur va "Shubxa" hikoyasi haqida ma’lumot berish, adabiyot fanining nazariy va amaliy asoslarini oʻrganish.
b) tarbiyaviy: Adabiyot fani orqali oʻquvchilarga DTS asosida dars berish. Shu bilan bir qatorda jahon adabiyotiga qiziqish uyg`otish, sabr-qanoatli, matonatli ,kuchli bo`lishga oʻrgatish.
c) rivojlantiruvchi: Oʻquvchilarni tafakkur va idrokini kengaytirish, ularni mustaqil fikrlashga oʻrgatish.
Axborotlar bilan ishlash kompetensiyasi:
mediamanba va kutubxonalardan zarur ma’lumotlarni topa olish va ulardan foydalanish.
O‘zini o‘zi rivojlantirish kompetensiyasi:
doimiy ravishda o‘z-o‘zini ma’naviy rivojlantirish, mustaqil o‘qib-o‘rganish.
Ijtimoiy faol fuqarolik kompetensiyasi:
oila, maktabda bo‘layotgan tadbirlarda faol ishtirok etish, barcha bilan xushmuomalada bo‘lish.
Milliy va umummadaniy kompetensiya:
umuminsoniy va milliy qadriyatlarni e’zozlash, orasta kiyinish.
Dars uslubi: an’anaviy
Dars jihozi: Darslik, kompyuter, tarqatma materiallar, koʻrgazmali qurollar..
Foydalaniladigan adabiyotlar:
1) “Adabiyot” 8-sinf uchun darslik.
2) “Shubxa “ asari
Darsning borishi:
I.Tashkiliy qism
a) salomlashish
b) navbatchilik hisoboti, sinf tozaligi va davomatni nazorat qilish
d) kirish suhbati, oʻquvchilarning ogʻzaki nutqini oʻstirish
(Oʻquvchilar 3guruhga boʻlinadi)
II. Oʻtilgan mavzuni takrorlash.
“Ha yoki yoʻq demaymiz” metodi orqali tezkor savollarga javob berishad(Har bir guruhdan bir nafardan ishtirokchi chiqadi)
"Rost- yolg'on" usuli orqali yana har bir guruhdan 4 nafardan ishtirokchi chiqadi.
Guruhlarga ballar qoʻyiladi
III. Yangi mavzuni tushuntirish:
"Shubxa" hikoyasi matni oʻquvchilarga hikoya usulida bayon qilib beriladi va asar qahramonlari nomi daftariga qayt etiladi.
Shubxashini
Shukasheni
Shuxashini
Bonikoxta
Gonshay
Protap
Sharbashi
Panguli
Tushunish qiyin soʻzlar ham izohi bilan yoziladi.
.
IV Yangi mavzuni mustahkamlash:
Hikoya matni yuzasidan quyidagi topshiriqlar beriladi.
"B.B.B". metodi orqali oʻquvchilarning bilimlari,mavzuni oʻzlashtirish darajasi aniqlab olinadi va mavzu Abdulla Qahhorning "Insonning chiqibti boʻlmaydi" jumlasi bilan yakunlanadi.
V.Oʻquvchilarni baholash. Eng faol qatnashgan guruh va o`quvchilar aniqlanadi,baholar qoʻyiladi.
VI. Uyga vazifa. “ Shubxa” asarini o`qib kelish va asar yuzasidan taassurot yozib kelish.
.
“Koʻrildi:
OʻIBDOʻ: D.A.Zakirova
Dostları ilə paylaş: |