Milliy va umummadaniy kompetensiya: – madaniy me’yorlarga va sog‘lom turmush tarziga hamda adabiy til me’yorlariga amal qilish.
Ijtimoiy faol fuqarolik kompetensiyasi: – guruhlarda hamkorlikda ishlay olish va bunda muomala madaniyatiga ega bo‘lish.
Dars jarayoni 1.Tashkiliy qism 4 minut
2.O’tilgan mavzuni takrorlash( mustahkamlash) 12 minut
3.Yangi mavzuni tushuntirish 10 minut
4.Yangi mavzuni mustahkamlash 14 minut
5.O’quvchilarni baholash 3 minut
6. Uyga vazifa 2 minut
Dars uslubi: an’anaviy, noan’anaviy (tagiga chizilsin)
Dars jihozi: Darslik, kompyuter, tarqatma materiallar, ko’rgazmali qurollar...
Dars shiori: Tilga ixtiyorsiz, elga e’tiborsiz (A.Navoiy) Foydalaniladigan adabiyotlar: 1) «Ona tili» 6-sinf uchun darslik.
I. Darsning borishi: a)salomlashish
b) navbatchilik hisoboti, sinf tozaligi va davomatni nazorat qilish
c) kirish suhbati, o’quvchilarning og’zaki nutqini o’stirish
II. O’tgan mavzuni so’rash. III. Yangi mavzu: l. Sonlarning ma'no guruhlari haqida gapirib bering. 2. Dona son va uning yasalishini izohlang. 3. Chama songa misollar keltiring.
4. Jamlovchi son haqida so'zlang.
5. Taqsim son ishtirokida gaplar tuzing.
6. Tartib sonlar qanday yasaladi?
7. Kasr songa misollar ayting.
8. Hisob so'zlariga misollar keltirib, ularni izohlang.
9. Rim va arab raqamlari yozuvda qanday ifodalanadi?
10. Sonlarning gapdagi vazifasi to'g'risida so'zlab bering.
472-mashq. Matnni o'qing, sonlarning ma'no guruhlarini aniqlang.
Muhammad Xorazmiyning «Sindhind» asari o'nlik sanoq sistemasini ommalashtirishda muhim rol o'ynaydi. Xorazmiy targ'ib qilgan o'nlik matematik son (0, 1, 2, 3, 4, 5, 6, 7, 8, 9)lar yordamida qo'shish, ayirish, ko'paytirish, bo'lish, darajaga ko'tarish, ildiz chiqarish mumkin bo'lgan. Shu sababli bu raqamlar Sharqda tez tarqaldi. X asrda Ispaniyaga, XII asrda butun Yevropaga tarqaldi. (X. Jonboqiyev)
473-mashq. Topishmoqlarning javoblarini toping. Ularda ishlatilgan sonlarning ma'no turlarini va gapdagi vazifasini aniqlang.
1. Guli to'rtta yarim oy, Boshginangdan olar joy. 2. O'zi bitta, ko'zi mingta. 3. Bir parcha patir, olamga tatir. 4. To'rtdir uning oyog'i, Temir mixli tuyog'i. Manzilga yetishtirar, Toshdan qattiq tuyog'i.
474-mashq. Sonlarni toping, ularning imlosiga diqqat qiling va gaplarni ko'chiring.
1. Zamaxshariy ko'p qirrali olim bo'lib, fanning turli sohalariga oid 75 dan ortiq asar yozib qoldirgan. (S. Hasanov) 2. Zamonaviy o'n ikkita turk davlati bayrog'idan yettitasida oy va yulduz ramzlari bor. (S. Olimov) 3. Amir Temur Bibixonim masjidini 1399— 1404-yillar mobaynida qurdirgan. (T.Fayziyev) 4. Tarixing bitmakka, xalqim, mingta Firdavsiy kerak, Chunki bir bor chekkan ohing mingta doston, o'zbegim. (E. Vohidov)