dars «Ona tili» 6– “A”, “B” sinf «A» «B» Mavzu: O'zbekistonda davlat tili va boshqa tillarning rivoji



Yüklə 1,44 Mb.
səhifə318/327
tarix13.05.2023
ölçüsü1,44 Mb.
#112944
1   ...   314   315   316   317   318   319   320   321   ...   327
6-sinf ona tili yillik dars ishlanma yangi

Dars uslubi: an’anaviy, noan’anaviy (tagiga chizilsin)
Dars jihozi: Darslik, kompyuter, tarqatma materiallar, ko’rgazmali qurollar...
Dars shiori: Tilga ixtiyorsiz, elga e’tiborsiz (A.Navoiy)
Foydalaniladigan adabiyotlar:
1) «Ona tili» 6-sinf uchun darslik.
I. Darsning borishi:
a) salomlashish
b) navbatchilik hisoboti, sinf tozaligi va davomatni nazorat qilish
c) kirish suhbati, o’quvchilarning og’zaki nutqini o’stirish
II. O’tgan mavzuni so’rash.
III. Yangi mavzu:
1. Sifat yasovchi qanday qo'shimchalar mavjud?
2. -li, -id, -iy, -viy, -simon qo'shimchalari yordamida sifatlar yasang.
3. Qo'shma sifatlar va ularning ishlatilishi haqida gapiring.
4. Juft sifatlarga misollar keltiring, yozilishini izohlang.
5. Asliy va nisbiy sifatlarga misollar ayting.
6. Sifat darajalari haqida so'zlang.
7. Sifatlarning qanday ma'no guruhlari bor? Ularga misollar keltiring.
8. Sifatlarning otlashuvi haqida gapiring.
9. Sifatlarning gapdagi vazifasi haqida gapiring.
468-mashq. Sifatlarni topib, ularga ta'rif bering. Sifatlarning ma'no guruhlarini belgilang.
Sarijo'ga arig'idan otini sug'orib chiqayotgan notanish bir kishiga ro'para keldik. Uning oti ham, kiygan to'ni ham, o'zi ham qop-qora edi. Xuddi cho'yandan quyilganga o'xshardi. Faqat boshidagi do'ppisining kashtasigina oq edi, xolos. Men Adhamdan: «Bu kishi kim?» deb so'radim.
— Uni «cho'l bo'ri»si deyishadi. Bu to'qaylarda kechalari ham miltiqsiz bir o'zi yuraveradi. Juda dovyurak odam. Uch marta bo'ri bilan olishib, bo'g'ib o'ldirgan. Qoraqishloqning etagidagi katta to'qaydan yer ochgan. (Said Ahmad)
469-mashq. Matnni ko'chiring. Sifatlarning tagiga chizing. Ajratib ko'rsatilgan qo'shimchalar yordamida sifatlar hosil qiling.
Nafas olish to'g'ri yo'lga qo'yilsa, nutq jarangdor, kuchli bo'ladi. To'g'ri olingan nafas aytilayotgan jumlalarning yaxlit, o'zaro uzviy bog'liq holda aytilishini ta'minlaydi.
Nutqning ravon, tiniq bo'lishi uchun nafas olishni to'g'ri yo'lga qo'ya bilish lozim. Buning uchun esa muntazam mashq qilib turish zarur. (A. Orifova)
470-mashq. Tez aytishlarni aytib, mashq qilib ko'ring. Nutqingizni o'stiring. Gaplar ichidagi sifatlarni topib, ularga izoh bering. Sifatlarning orttirma va qiyosiy darajalarini hosil qiling.
1. Norning nordon anori narida. 2. O'tkir o'tkir o'roqda o't o'rdi. 3. Oqil oq olma oldi, oq olmani Oqil oldi. 4. To'p-to'p ko'k
koptok, har bir to'pda ko'k koptok. 5. Soqi quritgan qoqi qoq quruq qoqi.

Yüklə 1,44 Mb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   314   315   316   317   318   319   320   321   ...   327




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin