dars «Ona tili» 6– “A”, “B” sinf «A» «B» Mavzu: O'zbekistonda davlat tili va boshqa tillarning rivoji


B) O’quvchilar bilan salomlashish. C)



Yüklə 1,44 Mb.
səhifə61/327
tarix13.05.2023
ölçüsü1,44 Mb.
#112944
1   ...   57   58   59   60   61   62   63   64   ...   327
6-sinf ona tili yillik dars ishlanma yangi

B) O’quvchilar bilan salomlashish.
C) O’quvchilarning darsga tayyorgarligini teshirish.
D) O’quvchilarni darsga jalb qilish va davomatni anilash;
E) O’quvchilarga o’tilgan mavzular yuzasidan savollar berish;
Dars uslubi: an’anaviy, noan’anaviy (tagiga chizilsin)
Dars jihozi: Darslik, kompyuter, tarqatma materiallar, ko’rgazmali qurollar...
Dars shiori: Tilga ixtiyorsiz, elga e’tiborsiz (A.Navoiy)
Foydalaniladigan adabiyotlar:
1) «Ona tili» 7-sinf uchun darslik.
I. Darsning borishi:
a) salomlashish
b) navbatchilik hisoboti, sinf tozaligi va davomatni nazorat qilish
c) kirish suhbati, o’quvchilarning og’zaki nutqini o’stirish
II. O’tgan mavzuni so’rash.
a) individual - tarqatma materiallar, kartochka.
b) Frontal (guruh bilan ishlash)
III. Yangi mavzu:
1-topshiriq. Quyidagi gaplarni solishtirib, nimasi bilan farqlanayotganini ayting.
Sharifa xat yozdi. Xat Sharifa tomonidan yozildi.


2-topshiriq. Yuqoridagi gaplarning egalarini aniqlang.


BILIB OLING. Bajaruvchisi noma'lum bo'lgan harakat yoki holatni ifodalovchi fe'l shakli majhul nisbat deyiladi. Majhul nisbat shakli unli bilan tugagan fe'l asosiga -n, -l; undosh bilan tugagan fe'l asosiga esa -in, -il qo'shimchalarini qo'shish bilan hosil bo'ladi.
O'zlik va majhul nisbat shakllari aynan bir xil, lekin ular harakat yoki holatning bajaruvchisi nuqtayi nazaridan farq qiladi. O'zlik nisbatida harakat-holat bajaruvchining o'zi ustida amalga oshadi, majhul nisbatda esa bajaruvchi noma'lum bo'ladi. Solishtiring: tarandi— taraldi, kiyindi —kiyildi.
108-mashq Fe'llarni toping, nisbatini aniqlang.
Qor yog'ib turibdi. Yo'lning o'n besh chaqirimchasi huvillagan dalalardan o'tadi. Qor siyrak yog'ayotgani uchun uzoq-uzoqlar ko'rinadi, lekin bora-borguncha bironta tirik jon ko'zga tashlanmaydi. Shamol yo'q, jimlik, «tiq» etgan tovush eshitilmaydi. Qo'limda bir metr keladigan irg'ay tayoq. Belbog'imga bitta kulcha tugilgan. Egnimda otamning uzun chakmoni. Zerikkanimda qorga tayoq bilan chiziq chizib o'taman. (P. Qodirov)
109-mashq. Avval o'zlik nisbatidagi fe'lli gaplarni, keyin majhul nisbatdagi fe'lli gaplarni yozing.
1. Buyuk bobokalonimiz Alisher Navoiy 1441-yilda tug'ilgan. 2. U yuziga belbog'ini tashlab, ko'rpachaga cho'zildi. (H. Badalov) 3. Hozirgi kunda milliy xalq hunarmandchiligiga katta e'tibor berilmoqda. («Odobnoma»dan) 4. Bir bor ekan, bir yo'q ekan, dunyoda hamma narsa yaratilgan ekan-u, ammo xushnavo bulbul yaratilmagan ekan. (Z Ibrohimova) 5. Ho'kizing hech qayoqqa ketmaydi, topiladi. (Abdulla Qahhor)
1. Majhul nisbat shakli qanday hosil qilinadi?
2. O'zlik va majhul nisbat shakllari qanday farqlanadi?
3. Bir fe'l asosiga ham o'zlik, ham majhul nisbat qo'shimchasini qo'shish mumkin bo'lganda, qaysi qo'shimcha majhul nisbat shaklini hosil qiladi? Misollar bilan tushuntiring.
110-mashq. Ko'rmoq, taramoq, yuvmoq, kiymoq fe'llaridan o'zlik va majhul nisbatlarini yasang va ular ishtirokida gaplar tuzing.



Yüklə 1,44 Mb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   57   58   59   60   61   62   63   64   ...   327




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin