dars «Ona tili» 6– “A”, “B” sinf «A» «B» Mavzu: O'zbekistonda davlat tili va boshqa tillarning rivoji



Yüklə 1,44 Mb.
səhifə63/327
tarix13.05.2023
ölçüsü1,44 Mb.
#112944
1   ...   59   60   61   62   63   64   65   66   ...   327
6-sinf ona tili yillik dars ishlanma yangi

Tashkiliy qism:
A) Sinf xonasini tozaligiga e’ribor berish;
B) O’quvchilar bilan salomlashish.
C) O’quvchilarning darsga tayyorgarligini teshirish.
D) O’quvchilarni darsga jalb qilish va davomatni anilash;
E) O’quvchilarga o’tilgan mavzular yuzasidan savollar berish;
Dars uslubi: an’anaviy, noan’anaviy (tagiga chizilsin)
Dars jihozi: Darslik, kompyuter, tarqatma materiallar, ko’rgazmali qurollar...
Dars shiori: Tilga ixtiyorsiz, elga e’tiborsiz (A.Navoiy)
Foydalaniladigan adabiyotlar:
1) «Ona tili» 7-sinf uchun darslik.
I. Darsning borishi:
a) salomlashish
b) navbatchilik hisoboti, sinf tozaligi va davomatni nazorat qilish
c) kirish suhbati, o’quvchilarning og’zaki nutqini o’stirish
II. O’tgan mavzuni so’rash.
a) individual - tarqatma materiallar, kartochka.
b) Frontal (guruh bilan ishlash)
III. Yangi mavzu:
1-topshiriq. Quyidagi fe'l asoslariga -t, -dir(-tir), -giz(-kiz) qo'shimchalaridan mosini qo'ying. O's, yoz, ket, qol
.
2-topshiriq. Bu qo'shimchalarning talaffuzi va imlosiga e'tibor bering.


BILIB OLING. Bajaruvchining ta'siri bilan boshqa shaxs yoki narsa tomonidan bajarilgan harakat yoki holatni bildiruvchi fe'l shakllari orttirma nisbat shakli deyiladi. Orttirma nisbat shakllari: -t, -dir (-tir), -giz(-kiz), -qiz, (-g'iz), -gaz
(-kaz, -qaz), -ir, -ar, -iz kabi qo'shimchalar yordamida yasaladi.


112-mashq. Berilgan fe'llardan -tir qo'shimchasi yordamida orttirma nisbat shaklini hosil qiling.
Yarash, kelish, o'ylan, quvon, suyun. 113-mashq. Berilgan fe'llarni jadvalga joylashtiring.
Bitirmoq, aytmoq, tomchilamoq, to'ydirmoq, chaqirmoq, tushuntirmoq, anglamoq, yotqizmoq, asramoq, o'tkazmoq, topmoq, keltirmoq, qaramoq, tasvirlamoq, tushirmoq, ko'rmoq, ko'rsatmoq, ishlatmoq.


114-mashq. Qavs ichidagi fe'llarga tegishli nisbat qo'shimchalarini qo'shing. Avval orttirma nisbatdagi fe'lli, keyin aniq nisbatdagi fe'lli gaplarni yozing.
Suv qahr bilan uning biqiniga urilib shovullar, boshidan oshib o'tguday bo'lar, lekin tog'day gavdasini (qimirlamoq) olmas edi. U soydan o'ta olmay qaytganlarning hammasini birma-bir qo'lidan ushlab (o'tmoq) qo'ydi.
Rota yana bir qator bo'lib yo'lida (davom etmoq). Bular shag'al to'kilgan katta yo'lni kesib o'tib, adirga tomon chiqib ketayotganda botayotgan quyoshning horg'in nuri ro'paradagi qorli tog' cho'qqisini, uning tepasida uvadaday osilib turgan qora bulutni bir lahza (qizarmoq)-da, so'ndi. Shu bilan uzoqdagi tog' oraliqlaridan boshlangan qorong'ilik asta-sekin hamma yoqqa (tarala boshlamoq). (Abdulla Qahhor)
1. Fe'llarning orttirma nisbat shakli qanday hosil qilinadi?
2. Aniq va orttirma nisbat shakllarining farqini ayting.
3. Aniq va orttirma nisbatdagi fe'llar ishtirokida gaplar tuzing.



Yüklə 1,44 Mb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   59   60   61   62   63   64   65   66   ...   327




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin