Umr mazmuni. Shaxs kamolotida e’tiqodning o’rni. Iymon, vijdon, insof va diyonat tushunchalari.
O’zlikni anglashda limning, tarix ilmining tutgan o’rni. O’tmishni unutganning kelajagi bo’lmaydi.
1. Odamning kelib chiqishi va tarixiy rivojlanishi toʻgʻrisida turli fikrlar va nazariyalar mavjud. Odam bilan bogʻliq qadimgi rivoyatlar va qadimgi diniy kitoblarga koʻra, Odamato va Momohavo Yer yuzidagi dastlabki odamlar boʻlgan. Zardushtiylik dinida Odam tabiatning bir boʻlagi, unda vujudga kelgan va yana unga qaytadi dey-iladi. Islom diniga koʻra, xudo "oʻzining eng erka va erkin bandasini tiriklik olamiga sardor qilib yuborgan", yaʼni Odamni loydan oʻzining yerdagi oʻrin-bosari (xalifasi) sifatida yaratib, unga oʻz ruhidan jon ato etgan, unga akl-idrokbergan.Tabiiyot fanlarining rivojlanishi bilan Odamning paydo boʻlishi toʻgʻrisida ilmiy fikrlar paydo boʻla boshladi. Fransuz olimi J.Lamark birinchi boʻlib Odamning paydo boʻlishini umumiy tarzda tushuntirib berdi. Uning fikricha, Odam daraxtda yashashdan yerda yurishga oʻtgan maymunsimon ajdodlardan kelib chiqqan. Ingliz olimi Ch.Darvin odamning paydo boʻlishi muammosini evolyusion nuktai nazardan talqin qilib, Odam bilan odamsimon maymunlar uzoq umumiy ajdodga ega ekanligini koʻrsatib berdi. Uning fikricha, antropogenezda ham biologik omillar, yaʼni yashash uchun kurash, irsiy oʻzgaruvchanlik va tabiiy tanlanish amal qiladi. Lekin, koʻpchilik olimlarning fikricha, antropogenezda biologik omillar bilan bir qatorda ijtimoiy omillar (ijtimoiy hayot, ijtimoiy mehnat), ayniq-sa, uning soʻnggi bosqichlarida katta ahamiyatga ega boʻlgan.
Tik yurishga oʻtish Odam evolyusiyasida hal qiluvchi ahamiyat kasb etadi, chunki tik yurish tufayli qoʻllar tayanch vazifasidan ozod boʻlib, mehnat qurollari yasab, uni ishlatadigan organga aylangan. Mehnat qurollarining paydo boʻlishi esa Odam tafakkurini kengaytirgan, uning tabiatga qaramligini kamaytirgan. Mehnat faoliyatining rivojlanishi bilan ant-ropogenezda biologik omillar taʼsiri kamayib ijtimoiy omillar ahamiyati orta borgan.
Shaxs — alohida individ, mohiyatan yaxlit ijtimoiy-axloqiy olam. U oʻzida inson mohiyatini, uning mavjudot sifatidagi qadriyatini mujassam etadi. Shaxs ijtimoiy-gumanitar fanlarda oʻz yoʻnalishi, tadqiqot obʼyekti va maqsadi nuqtai nazaridan turlicha talqin etiladi. U oʻta murakkab, ziddiyatli, qaramaqarshi, oʻzini oʻzi inkor etadigan mavjudot sifatida, biologik, fiziologik, ijtimoiy, maʼnaviy, ruhiy, axloqiy va estetik aqlidrok, tafakkur obʼyekti sifatida, hatto, falsafiy va mantiqiy, yashash huquqi va hayot mantigʻi jihatidan tadqiqot manbaiga aylanishi mumkin.
2. Insonning chin ma’nodagi insonligi – uning iymoni, diyonati, mehr-oqibati, pokligi va halolligi, kamtarligi va boshqalar bilan o‘lchanadi. Bu umumiy tarzda insoniylik tushunchasi bilan ifodalanadi. Insoniylik esa faqat iymonli insonlardagina bo‘ladi. Bu o‘rinda hamma kishilar uchun umumiy tarzda tegishli bo‘lgan masalalar ustida baholi qudrat fikr yuritamiz. Mazkur masala ko‘p qirrali bo‘lib, qo‘yilgan masalani har kim o‘z ma’naviy dunyosi o‘lchami bilan o‘lchaydi va shunga yarasha hatti-harakatlarni amalga oshiradi.
Marhum yurtboshimiz Islom Karimov xalqimizning buyuk fazilatlari haqida to‘xtalib insonparvarlikning o‘zbeklarga xos qirralarini ko‘rsatib berishga e’tibor qaratib, shunday degan edi: “Insonparvarlik bu o‘zbek xalqi milliy ruhiyatining ajralmas fazilatidir.” Insoniylikning muhim shartlari –mehr-shafqatlilik, poklik va halollilikni iymon tushunchasi o‘z ichiga oladi. Insonparvarlik bo‘g‘inlaridan biri insof bo‘lib, uning ma’lum bir jamiyatda istiqomat qiluvchi kishilar o‘rtasidagi muamolotlarda hamda umumiylik va shaxsiyatda muhim ahamiyat kasb etadi.
Jamiyat hayotida adolat va haqiqat, mehr-shafqat, insofu diyonat kabi tushunchalarni qaror toptirishda Vijdon pokligi va bedorligining o‘rni va ta’siri beqiyosdir. Aynan mana shu omil insonda insof va diyonatni shakllantiradi.
“Vijdoni uyg‘oq odam yon-atrofida bo‘layotgan voqealarga, yordam va ko‘makka muhtoj insonlarning muammolariga, adolatning toptalishiga befarq qaray olmaydi. Ayniqsa, el-yurt manfaatiga zarar yetkazadigan yovuz xatti-harakatlarga hech qachon chetdan jim qarab turolmaydi, o‘z yurti va xalqiga nisbatan xiyonat va sotqinlikni aslo qabul qilolmaydi. Bunday holatlarni ko‘rganda vijdoni qiynaladi, doimo yonib-kuyib yashaydi, qanday qilib bo‘lmasin, ularni bartaraf etishga intiladi, kerak bo‘lsa, bu yo‘lda hatto jonini ham fido qiladi.”
Milliy odatlarimizda ham insofga targ‘ib qilinib: “Insof sari baraka”, “Insofi borning barakasi bor” deyiladi.
Payg‘ambarimiz s.a.v.ning sahobalaridan bo‘lgan Ammor insof haqida shunday deydilar: Uch xislatni o‘zida mujassam qilgan kishining imoni mukammal bo‘lgaydir:
– Insofli va adolatli bo‘lmoq;
– Barchaga salom bermoq;
– Kambag‘alligida ham sadaqa berib turmoq.
Insof – adolat va vijdon amri bilan ish tutish tuyg‘usi, ishda kishilarga munosabatda halollik, to‘g‘rilik, tenglik, sofdillik va haqiqatgo‘ylikdir.
Sharq falsafasida insof shunday talqin etiladi;
“Insof – kishining o‘z xulqi, odobini tartibga solish va ahloqiy baholashidir. Agar kishi biror ishni to‘g‘ri bajarsa, unda ichki qoniqish paydo bo‘ladi, vijdoni pok bo‘ladi, atayin noto‘g‘ri bajarsa, insofdan chiqqan bo‘ladi.”
Insof – insonparvarlikni targ‘ib etuvchi g‘oyalardan hisoblanib, hozirgi murakkab davrimizning ko‘plab axloqqiy ma’naviy masalalarini hal etishda ham muhim ahamiyat kasb etishi bilan e’tiborga molikdir.