Mavzu: O‘z-O‘zini anglamoq siri. Reja


O'zbekiston tarixi yoshlarga xalqimizning o'tmishi



Yüklə 23,18 Kb.
səhifə2/3
tarix13.12.2023
ölçüsü23,18 Kb.
#174531
1   2   3
O‘z-O‘zini anglamoq siri

3. O'zbekiston tarixi yoshlarga xalqimizning o'tmishi, tarixi haqida bilim berish bilan chegaraianib qolmaydi, u yoshlarni vatanparvar, ma'naviy jihatdan komil fuqaro etib shakllantirishga xizmat qiladi. Vatanimiz tarixi "Har bir fuqaroni, jumladan, yoshlarimizni boy madaniy merosimizni qadrlashga, uni ko'z qorachig'iday avaylab-asrashga, yurak-yurakdan iftixor qilishga o'rgatadi. O'zimizning boy o'tmish merosimizdan madad va ibrat olishga imkon beradi. Odamlar qalbida ezgulik tuyg'ularini uyg'otib, bugungi avlod kimlarning avlodi, kimlarning zoti va vorislari ekanini anglashga undaydi".Mustaqillik qo'lga kiritilgach, Vatanimiz tarixida burilish pallasi, ma'muriy-buyruqbozlik boshqaruviga asoslangan totalitar tuziimdan erkin, demokratik tuzumga o'tish davri boshlandi. O'tish davrida eski ideallar, g'oyalar, odatdagi tafakkur va axloq me'yorlari buziladi, milliy qadriyatlar qayta baholanadi, muqobil nuqtayi nazarlar paydo bo'Iadi, allaqachon unutilgan qarashlar qayta uyg'onadi, ziddiyatlar keskinlashadi. Vujudga kelgan murakkab sharoitda «birovlar tarixning borishini bilish mumkin emas»,- deb talvasaga tushsa, boshqalar eskirgan, rad etilgan "haqiqat'ga yopishib olib, tarixg'ildiragini orqaga qaytarishni orzu qiladi, urinadi. Tarixiy tajriba va saboqlar esa dunyoda nimalar o'zgardi, nima uchun o'zgardi, qanday qarashlardan tezroq xalos bo'lish kerak degan savollarga javob topishga, yangi jamiyat qurishning muqobil yo'llarini mushohada qilib, eng to'g'risini topishga, xatoga yo'l qo'ymaslikka undaydi. Bunda tarix to'g'ri yo'lni ko'rsatuvchi kompas bo'lib xizmat qiladi.
Davlat mustaqilligini o'z qo'liga olgan ozod, hur O'zbekistonda Vatan, istiqlol taqdiri bugungi baxtli avlodlar qo'lida. Mustaqillikni asrab-avaylash, mustahkamlash, mamlakatimizni keyingi avlodlarga yanada qudratli, obod, ijtimoiy-iqtisodiy jihatdan rivojlangan holda yetkazish zamonamizning dolzarb vazifasiga, talabiga aylandi. Bu mas'uliyatli, ayni paytda sharafli vazifaning qay darajada ado etilishi bugungi avlodlarga, xususan, yoshlarga, ularning ma'naviy barkamolligiga bog'liq. "Biron bir jamiyat, - deb ta'kidlaydi yurtboshimiz lslom Karimov, - ma'naviy imkoniyatlarini, odamlar ongida ma'naviy va axloqiy qadriyatlarni rivojlantirmay hamda mustahkamlamay turib o'z istiqbolini tasawur eta olmaydi".1
Har qanday jamiyat taraqqiyotining asosiy kuchi ma'naviyat va ma'rifatdir. Ma'naviy barkamollikni tarbiyalashda Vatan tarixi muhim omil hisoblanadi. "Ma'naviyat, - deb yozadi lslom Karimov, - o'z xalqining tarixini, uning madaniyati va vazifalarini chuqur bilish va tushunib yetishga suyangandagina qudratli kuchga aylanadi"1, "...tug'ilib o'sgan yurtida o'zini boshqalardan kam sezmay, boshini baland ko'tarib yurishi uchun insonga, albatta, tarixiy xotira kerak... Tarixiy xotirasi bor inson - irodali inson".
Insonda tarixiy xotira o'z Vatani tarixini, o'z xalqi, ajdodlari tarixini bilisb orqali shakllanadi. Yaqin o'tmishda mustamlakachilar, totalitar tuzum mutasaddilari ko'pgina xalqlarni, jumladan, o'zbek xalqini o'z tarixidan judo qilish, ularni o'z o'tmishiga loqaydlik bilan qaraydigan, nasl-nasabini eslolmaydigan manqurtlarga aylantirish siyosatini yuritdi, amaliyotda esa xalqimiz tashqi dunyodan butunlay uzib qo'yildi, uning bir necha ming yillik boy tarixi soxtalashtirildi, uni yoshlarga o'qitish va o'rgatishga izn berilmadi.
Mustaqillik sharofati bilan Vatanimiz tarixi o'z o'rnini topdi, barcha o'quv maskanlarida talaba-o'quvchilarga Vatan tarixini o'qitish davlat siyosati darajasiga ko'tarildi, Vatan tarixini o'qitish yolga qo'yildi. Vatanimiz tarixi millatning, yoshlarning haqiqiy tarbiyachisiga aylanmoqda. Bu borada Prezident Islom Karimovning "Tarixga murojaat qilar ekanmiz, bu xalq xotirasi ekanligini nazarda tutishimiz kerak. Xotirasiz barkamol kishi bo'lmaganidek, o'z tarixini bilmagan xalqning kelajagi ham bo'Imaydi", "Tarix - xalq ma'naviyatining asosidir", "Tarixiy xotirasiz kelajak yo'q", "O'zlikni anglash tarixni bilishdan boshlanadi", "Inson uchun tarixdan judo bo'lish -hayotdan judo bo'lish demakdir"1 degan hikmatli so'zlari va ko'rsatmalari dasturilamal bo'Iib xizmat qilmoqda.
Tarix fani olam yagona va yaxlit, O'zbekiston uning ajralmas Mr qismi, olarada sodir bo'ladigan voqea, hodisalar umumiy va o'zaro bog'Ianishda, uzluksiz harakatda ekaniigi xususida to'g'ri tasavvur, tushuncbalarni shakilantiradi.
O'z o'tmishini, ajdodlari tarixini yaxshi bilgan insonning irodasi kuchli bo'ladi, uni har xil aqidalar girdobiga tushishdan saqlaydi. O'tmishni bilgan, tarix saboqlarini anglab yetgan inson hozirgi zamonni yaxshi tushunadi, kelajakni to'g'ri tasavvur etadi. Muxtasar aytganda, Vatan tarixi talaba-o'quvchilarda xalqning o'tmishi, hozirgi zamoni va kelajagi yagona tarixiy jarayon degan tushunchani shakilantiradi. Bu o'z navbatida yoshlarni tarixiyjarayonlarning oddiy kuzatuvchisi bo'Iib qolishdan saqlaydi, ularni olg'a intilishga, taraqqiyotga ko'maklashishga undaydi



Yüklə 23,18 Kb.

Dostları ilə paylaş:
1   2   3




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin