dars «Ona tili» 6– “A”, “B” sinf «A» «B» Mavzu: O'zbekistonda davlat tili va boshqa tillarning rivoji


ESDA SAQLANG. Ba'zan fe'l asosiga orttirma nisbat hosil qiluvchi birdan ortiq qo'shimchalar qo'shilishi mumkin. Masalan



Yüklə 1,44 Mb.
səhifə66/327
tarix13.05.2023
ölçüsü1,44 Mb.
#112944
1   ...   62   63   64   65   66   67   68   69   ...   327
6-sinf ona tili yillik dars ishlanma yangi

ESDA SAQLANG. Ba'zan fe'l asosiga orttirma nisbat hosil qiluvchi birdan ortiq qo'shimchalar qo'shilishi mumkin. Masalan, o’qit — o’qittir, to'ldir — to'ldirg'iz, yozdir — yozdirtir. Bunday holatda orttirma nisbat ma'nosi kuchayadi.
1 Nuqtalar o'rniga zarur nisbat qo'shimchalarini qo'yib, gaplarni ko'chiring. Nima uchun ushbu qo'shimchalarni qo'yganingizni tushuntiring.
1. Tushga yaqin dadam bizga ovqat kel...ib berdi. (Abdulla Qahhor) 2. U eng avval malikalar-u nabiralarini Samarqandga jo'na...di. (Xurshid Davron) 3. Ko'z ochgani qo'ymaydi alam, Boshim qo'ysam kuy...ar bolish. Yupatolmas kitob va qalam, Misralarim ko'tarar nolish. (Zulfiya) 4. Xos chodir eshigiga osilgan kimxob parda Humoyunning qo'liga mayin va salqin tegdi. Uni bir tomonga surib, tashqariga ko'z yugur...di. (P. Qodirov) 5. Shayxzoda jurnalistika sohasida ham qalam tebra...ardi. (M. Zokirov)
117-mashq. Matnni o'qing. Fe'llarni toping va nisbatni aniqlang.
Abdulla Avloniy o'z ishini maktab ochishdan boshladi. Gazeta chiqardi, darsliklar yozdi. Kitoblar bostirdi. Teatr ishlarini yo'lga qo'ydi. O'zi pyesalar yozdi. Havaskorlarni yig'ib, tomoshalar ko'rsatdi.
Abdulla Avloniy o'z xizmatlari bilan o'zbek ma'rifatchiligiga juda katta hissa qo'shdi. Yangi zamonaviy o'qitishni ilmiy-amaliy asoslab berdi. («Gulxan»dan)
118-mashq. Berilgan fe'llarga orttirma nisbat qo'shimchalarini qo'shing va ular ishtirokida gaplar tuzing.
Aytmoq, davom etmoq, tirishmoq, intilmoq, tayyorlamoq, yuvmoq, quvonmoq, bilmoq, o'ylamoq.
1. Orttirma nisbat shakllarini ayting.
2. Orttirma nisbat shakllarining fe'l asoslariga qo'shilishini tushuntiring.
IV. Yangi mavzuni mustahkamlash: Og’zaki savol-javob.
V. Uyga vazifa.
VI. Dars yakuni. Baholarni tahlil qilish.
Ilmiy bo’lim mudiri: _____________________

« Ona tili» 6– “A”, “B” sinf

Yüklə 1,44 Mb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   62   63   64   65   66   67   68   69   ...   327




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin