D) O’quvchilarni darsga jalb qilish va davomatni anilash;
E) O’quvchilarga o’tilgan mavzular yuzasidan savollar berish;
Dars uslubi: an’anaviy, noan’anaviy (tagiga chizilsin)
Dars jihozi: Darslik, kompyuter, tarqatma materiallar, ko’rgazmali qurollar...
Dars shiori: Tilga ixtiyorsiz, elga e’tiborsiz (A.Navoiy) Foydalaniladigan adabiyotlar: 1) «Ona tili» 7-sinf uchun darslik.
I. Darsning borishi: a) salomlashish
b)navbatchilik hisoboti, sinf tozaligi va davomatni nazorat qilish
c) kirish suhbati, o’quvchilarning og’zaki nutqini o’stirish
II. O’tgan mavzuni so’rash. a) individual - tarqatma materiallar, kartochka.
b) Frontal (guruh bilan ishlash)
III. Yangi mavzu: 1-topshiriq. Berilgan gaplarni solishtiring. Qaysisida harakatni bajaruvchi shaxs birdan ortiq ekanligini ayting.
1. Mehmonlar ko'prikdan o'tishdi. (Abdulla Qahhor) 2. Sobir she'r yozdi.
2-t o p s h i r i q. Yuqoridagi gaplar tarkibidagi fe'llarni qismlarga ajrating. Nisbat shakllarini aniqlang.
BILIB OLING. Birdan ortiq bajaruvchi tomonidan birgalikda bajarilgan harakat yoki holatni ifodalaydigan fe'l shakli birgalik nisbati deyiladi. Birgalik nisbat shakli unli bilan tugagan fe'l asosiga -sh, undosh bilan tugagan fe'l asosiga esa -ish qo'shimchasini qo'shish orqali hosil bo'ladi. Masalan: ishlashdi, kelishdi.
120-mashq. Berilgan fe'llarga birgalik nisbati qo'shimchalarini qo'shib, ular ishtirokida gaplar tuzing.
Bahslashmoq, ulamoq, yuvmoq, qurmoq, ishlatmoq, o'rganmoq, chiqarmoq, sanamoq, saylamoq, kuylamoq.
121-mashq. Gaplarni o'qing. Birgalik nisbatidagi fe'llar qatnashgan gaplarni ko'chirib yozing.
1. Yaxshini badnom qilib bo'lmaydi. (F. Volter) 2. Odamlar bilan ularning aqliga monand gaplash. (Sa’diy) 3. Allaqayda bulbul to'lib-toshib kuylaydi. (Said Ahmad) 4. Mehmonlar qorovulning qistashiga qaramasdan ichkariga kirishmadi. (Abdulla Qahhor) 5. Qushlar uni yaxshi ko'rishib, Mayna deb ism qo'yishibdi. (Ertakdan)
122-mashq. Gaplarni o'qing. Birgalik nisbati shaklidagi fe'llarni toping. Ularning yasalishini, fe'lning boshqa nisbatlaridan farqini tushuntiring.
Vodil qishlog'ining choyxonasi yo'l boshidagi ikkita katta keksa chinorning soyasiga joylashgan. O'tgan yili qishloq jamoasi choyxonani ta'mirlashdi, obod qilishdi. Bir burchakda katta stol atrofida yoshlar o'tirib gazeta, jurnal va kitob o'qishadi, bir burchakda radiodan so'nggi xabar eshitishadi. Past-baland chorpoyalarda qip-qizil, ozoda gilamlar ustida odamlar guruh-guruh bo'lib choy ichishadi, chaqchaqlashadi, ish yuzasidan maslahat qilishadi. O'ng tomondagi chorpoyada to'rt-besh kishi o'tirib, qah-qah urib kulishadi. (Gazetadan)
123-mashq. Berilgan aniq nisbatdagi fe'llardan birgalik nisbati shaklini yasang, ular ishtirokida gap tuzing.
Bordi, gapirdi, o'qidi, bajardi, uxladi, sakradi.
1. Birgalik nisbati deb nimaga aytiladi?
2. Birgalik nisbati qanday qo'shimchalar yordamida yasaladi?
3. ekmoq, ketmoq fe'llaridan birgalik nisbati shaklini yasang.