C) O’quvchilarning darsga tayyorgarligini teshirish.
D) O’quvchilarni darsga jalb qilish va davomatni anilash;
E) O’quvchilarga o’tilgan mavzular yuzasidan savollar berish;
Dars uslubi: an’anaviy, noan’anaviy (tagiga chizilsin)
Dars jihozi: Darslik, kompyuter, tarqatma materiallar, ko’rgazmali qurollar...
Dars shiori: Tilga ixtiyorsiz, elga e’tiborsiz (A.Navoiy)
Foydalaniladigan adabiyotlar:
1) «Ona tili» 7-sinf uchun darslik.
I. Darsning borishi:
a) salomlashish
b) navbatchilik hisoboti, sinf tozaligi va davomatni nazorat qilish
c) kirish suhbati, o’quvchilarning og’zaki nutqini o’stirish
II. O’tgan mavzuni so’rash.
a) individual - tarqatma materiallar, kartochka.
b) Frontal (guruh bilan ishlash)
III. Yangi mavzu:
1-topshiriq. Quyidagi savollarga javob bering:
1. Fe'l deb nimaga aytiladi?
2. Harakat fe'llariga misollar keltiring.
3. Holat fe'llariga misollar keltiring.
4. Fe'l nisbatlari deb nimaga aytiladi?
5. Aniq nisbat deb nimaga aytiladi?
6. Orttirma nisbat qanday qo'shimchalar yordamida yasaladi?
7. O'zlik nisbati qo'shimchalarini ayting.
8. Majhul nisbat qo'shimchalari qaysilar?
9. Birgalik nisbatidagi fe'llarga misol keltiring.
2-topshiriq. Quyidagi fe'llarni harakat va holat fe'llariga ajratib ko'chiring, ular ishtirokida gaplar tuzing.
Ayirmoq, aniqlamoq, qizimoq, fikrlamoq, qazimoq, yengillashtirmoq, o'lchamoq, harakatlantirmoq, buramoq, burishmoq, anqaymoq, hayron bo'lmoq.
3-topshiriq. Boshqotirmani yeching. Unda yashiringan fe'l ishtirokida gaplar tuzing.
1, 2, 3, 4, 5 6, 7 — tabiatda ko'p uchraydigan metall.
6, 7 — tushum kelishigi qo'shimchasi.
8, 9, 10, 11 — isi so'zning ma'nodoshi.
12 — «g'» undoshi.
13 — egalik qo'shimchasi.
14, 15 — o'rin-payt kelishigi qo'shimchasi.
16,47, 18 — alifbodagi 2-, 14-, 18-harflar.
Dostları ilə paylaş: |