Tashkiliy qism: A) Sinf xonasini tozaligiga e’ribor berish;
B) O’quvchilar bilan salomlashish.
C) O’quvchilarning darsga tayyorgarligini teshirish.
D) O’quvchilarni darsga jalb qilish va davomatni anilash;
E) O’quvchilarga o’tilgan mavzular yuzasidan savollar berish;
Dars uslubi: an’anaviy, noan’anaviy (tagiga chizilsin)
Dars jihozi: Darslik, kompyuter, tarqatma materiallar, ko’rgazmali qurollar...
Dars shiori: Tilga ixtiyorsiz, elga e’tiborsiz (A.Navoiy) Foydalaniladigan adabiyotlar: 1) «Ona tili» 7-sinf uchun darslik.
I. Darsning borishi: a) salomlashish
b) navbatchilik hisoboti, sinf tozaligi va davomatni nazorat qilish
c) kirish suhbati, o’quvchilarning og’zaki nutqini o’stirish
II. O’tgan mavzuni so’rash. a) individual - tarqatma materiallar, kartochka.
b) Frontal (guruh bilan ishlash)
III. Yangi mavzu: 1-topshiriq. Chap va o'ng qatorlarda berilgan gaplar tarkibidagi ajratilgan so'zlarning qaysi so'zlarga bog'langanini va qanday so'roqqa javob bo'lishini aniqlang.
Navoiy ixchamgina xonada tanho ishlar edi. Ishlayotgan xonamiz keng va shinam edi.
2-topshiriq. Ajratib ko'rsatilgan so'zlar narsalarning qanday belgisini ifodalayotgani haqida fikr yuriting.
BILIB OLING. Fe'lning sifatga xoslangan shakli sifatdosh deyiladi. Sifatdoshlar fe'l asoslariga -gan (-kan, -qan), -ydigan (-adigan), -(a)yotgan, -(a)r qo'shimchalarini qo'shish yo'li bilan hosil bo'ladi. Sifatdoshlar shaxs va narsalarning belgisini bildirishi bilan sifatga o'xshaydi. Sifatlar shaxs va narsaning turg'un, barqaror belgisini ifodalasa, sifatdoshlar o'zgarish, harakat belgisini ifodalaydi. Solishtiring: katta (sifat) daryo, oqar (sifatdosh) daryo. 136-mashq. Berilgan fe'llarni tarkibiy qismlarga ajrating. Qachon sifatdoshning -gan, -kan, -qan shakllari qo'shilishiga e'tibor bering.
chiqqan, kelgan, tikkan, olgan, uqqan, chekkan, yurgan, oqqan, kechikkan, taqqan.
137-mashq. Berilgan sifatdoshlarning aytilishi va yozilishiga e'tibor bering.
Eshit — eshitgan, ayt — aytgan, o's — o'sgan, ek — ekkan, buk — bukkan, qayt — qaytgan, to's — to'sgan.
138-mashq. Nuqtalar o'rniga sifatdosh yasovchi qo'shimchalardan mosini qo'yib ko'chiring. Sifatdoshlarning yasalishiga diqqat qiling.
1. Bilmaslik ayb emas, bilma...ini bo'yniga olmaslik ayb. 2. O'z o'rnida aytilma... so'z hech kirn yo'q yerda chalin... kuyga o'xshaydi. 3. Arslondan qo'rq...dan ko'ra o'z nafsidan qo'rq... foydaliroq. 4. Ilm insonni izzat va sharafga yetkaz... vositadir. 5. Boshqalar qalbiga yaxshilik urug'ini ek... odam chinakam insondir.
139-mashq. Sifatdoshlarni toping. Ulardagi yasovchi qo'shimchalarni sifatdosh yasovchi boshqa qo'shimchalarga almashtirish mumkinmi? Shu haqda bahs uyushtiring.
Men go'yo tabiat bilan qo'shilib ketgandekman. Uning bir qismi mana shu daryo, qush, o'tloq, qamishzor, chirillayotgan chigirtka. Anovi vaqillayotgan qurbaqa, huv narigi yoqda hurayotgan it, shamolda shildirayotgan qamish yaproqlari. O'tloqdagi chirsillayotgan olov, chaylaga to'shalgan o't-o'lanlarning shirin, yoqimli, toza isi bilan aralash-quralash bo'lib ketgandekman. (Olmos) l. Sifatdosh deb nimaga aytiladi?
2. Sifatdosh yasovchi qo'shimchalarni sanang.
3. -gan, -kan, -qan qo'shimchalarining qanday fe'l asoslaridan so'ng qo'llanishini izohlang.