Bu qo'shimcha unli bilan tugagan fe'l asoslariga qo'shilib, -gan holida talaffuz qilinadi va shunday yoziladi. Jarangsiz undosh bilan tugagan fe'l asoslariga qo'shilib, -kan holida talaffuz qilinsa ham, -gan yoziladi (ko'chgan, o'sgan kabi). Jarangsiz q undoshi bilan tugagan fe'l asoslariga qo'shilganda -qan, k undoshi bilan tugagan fe'l asoslariga qo'shilganda -kan holida talaffuz qilinadi va shunday yoziladi (tiq — tiqqan, tik — tikkan). Jarangli g' undoshi bilan tugagan fe'l asoslariga qo'shilganda -qan holida talaffuz qilinsa ham -gan yoziladi (tug'— tug'gan). 142-mashq. Gaplarni ko'chiring. O'tgan zamon sifatdoshlarining hosil bo'lishiga diqqat qiling.
1. Vahobjon boyagi qiz ko'rsatgan uy eshigining tugmasini bosdi. (Said Ahmad) 2. O'z ko'zim bilan ko'rganlarimni, kechirganlarimni, o'tmish hayot lavhalaridan esimda qolganlarini qalamga olgim kelib qoldi. (Abdulla Qahhor) 3. O'z nafsiga asir bo'lgan odam insoniylikni qo'ldan boy beradi. («Donolor o’giti»dan) 4. Mustafo Galatepaning chekkarog'ida, Ubaydullo Maxsumning hovuzi tarafga turtib chiqqan qir tumshug'ida yashaydi. (Murod Muham-mad Do'st) 1. Sifatdoshning o'tgan zamon shakli qanday yasaladi?
2. -gan (-qan, -kan) qo'shimchasi yordamida o'tgan zamon sifatdoshlarini yasang.
IV. Yangi mavzuni mustahkamlash:Og’zaki savol-javob.
V.Uyga vazifa. VI. Dars yakuni. Baholarni tahlil qilish.
Ilmiy bo’lim mudiri: ___________________ « Ona tili» 6– “A”, “B” sinf 6 «A»____ ___________________ 6 «B»____ ___________________________ 45-dars HOZIRGI VA KELASI ZAMON SIFATDOSHLARI