Tashkiliy qism: A) Sinf xonasini tozaligiga e’ribor berish;
B) O’quvchilar bilan salomlashish.
C) O’quvchilarning darsga tayyorgarligini teshirish.
D) O’quvchilarni darsga jalb qilish va davomatni anilash;
E) O’quvchilarga o’tilgan mavzular yuzasidan savollar berish;
Dars uslubi: an’anaviy, noan’anaviy (tagiga chizilsin)
Dars jihozi: Darslik, kompyuter, tarqatma materiallar, ko’rgazmali qurollar...
Dars shiori:Tilga ixtiyorsiz, elga e’tiborsiz (A.Navoiy) Foydalaniladigan adabiyotlar: 1) «Ona tili» 7-sinf uchun darslik.
I. Darsning borishi: a) salomlashish
b)navbatchilik hisoboti, sinf tozaligi va davomatni nazorat qilish
c)kirish suhbati, o’quvchilarning og’zaki nutqini o’stirish
II. O’tgan mavzuni so’rash. a) individual - tarqatma materiallar, kartochka.
b) Frontal (guruh bilan ishlash)
III. Yangi mavzu: 1-topshiriq. Berilgan sifatdoshlarda ifodalangan harakat-holatning qaysi zamonga mansubligini ayting.
Ishlagan (kishi), kelayotgan (mashina), o'sadigan (nihol), tiktirgan (ko'ylak), o'rilgan (soch).
2-topshiriq. Yuqoridagi bo'lishli shakldagi sifatdoshlarni bo'lishsiz shaklga aylantiring. Qaysi nisbat shaklida ekanligini ayting.
BILIB OLING. Sifatdoshlar fe'l shakli bo'lganligi uchun fe'lga xos bo'lgan zamon, bo'lishli-bo'lishsizlik, nisbat ma'nolarini ifodalaydi. 3-topshiriq. Quyida berilgan sifatdoshlarni tarkibiy qismlarga ajrating. Sifatdosh shakllarining qaysi zamonga oidligini ayting.
Ko'pni ko'rgan (kishi), to'kilgan (paxta), ko'chgan (muz), gullagan (o'lka), chiqqan (qo'l).
4-topshiriq.Sifatdosh shakllarining talaffuzi va imlosini tushuntiring.
BILIB OLING. Sifatdoshning -gan (-kan, -qan) qo'shimchasi shaxs-narsalarning o'tgan zamonga xos harakat belgisini ifodalaydi.