dars «Ona tili» 6– “A”, “B” sinf «A» «B» Mavzu: O'zbekistonda davlat tili va boshqa tillarning rivoji



Yüklə 1,44 Mb.
səhifə84/327
tarix13.05.2023
ölçüsü1,44 Mb.
#112944
1   ...   80   81   82   83   84   85   86   87   ...   327
6-sinf ona tili yillik dars ishlanma yangi

Dars jihozi: Darslik, kompyuter, tarqatma materiallar, ko’rgazmali qurollar...
Dars shiori: Tilga ixtiyorsiz, elga e’tiborsiz (A.Navoiy)
Foydalaniladigan adabiyotlar:
1) «Ona tili» 7-sinf uchun darslik.
I. Darsning borishi:
a) salomlashish
b) navbatchilik hisoboti, sinf tozaligi va davomatni nazorat qilish
c) kirish suhbati, o’quvchilarning og’zaki nutqini o’stirish
II. O’tgan mavzuni so’rash.
a) individual - tarqatma materiallar, kartochka.
b) Frontal (guruh bilan ishlash)
III. Yangi mavzu:
1-t o p s h i r i q. Quyida berilgan sifatdoshlarni tarkibiy qismlarga ajrating. Sifatdosh shakli qaysi zamonni ifodalashini ayting.
Yurayotgan (mashina), boradigan (joy), o'qiydigan (kitob), kuylayotgan (bola).
2-topshiriq. Qaysi vaqtda -(a)yotgan, -ydigan, -adigan shakllari qo'llanilishini aniqlashga harakat qiling.
3-t o p sh i r i q. Yuqoridagi sifatdoshlarning bo'lishsiz shaklini yasang.
BILIB OLING. Hozirgi zamon sifatdoshi fe'l asoslariga -(ayotgan qo'shimchasini qo'shish bilan yasaladi.
Kelasi zamon sifatdoshi fe'l asoslariga -ydigan, -adigan, -(a)r qo'shimchalarini qo'shish bilan yasaladi.
144-mashq. Gaplarni ko'chiring. Sifatdoshlarni topib, yasalishini tushuntiring.
1. Endigina ko'tarilib kelayotgan oy sarg'ish nurlar sochib tun qo'ynida mudrayotgan pastqam uylarning tomlarini, daraxtlarning yalang'och novdalarini yoritib turardi. (X. To'xtaboyev) 2. Chuqur ariqdan toyimni sug'orib chiqayotganimda bir to'da uloqchi — chavandozlar uchrab qoldilar. (A. Qodiriy) 3. ...Jimirlab oqayotgan daryo bo'yiga borib, yuz-qo'llarini yuvib, bir-ikki qultum suv ichishdi. (Mirmuhsin) 4. Yoqimli yoz shabadasi endigina qad ko'tarib kelayotgan yosh nihollarni tebratar edi. (O’. Hoshimov) 5. Xolida hovlidagi gulzorga chopib chiqib ketayotgan edi, oyisi to'xtatdi. (S. Anorboyev)
145-mashq. Kelasi zamon sifatdoshlarini topib, hosil bo'Iishini tushuntiring.
1. Odamlar sizni qattiq hurmat qilishadi, opa,-dedi Kamol astoydil kuyunib, — sha'ningizga dog' tushiradigan bunaqa ishlarga izn bermang. (E. Usmonov) 2. Shanbada to'y keladigan, el-yurtga osh beriladigan bo'lgani uchun erta tongdanoq hovli gavjum edi. (O. Yoqubov) 3. Eshon otasining vasiyatiga amal qilib, to'rdan joy tegmaydigan, poygakda choy tegmaydigan bir odam bo'lib yetishibdi. (Abdulla Qahhor) 4. Bo'ladigan savdoning tezroq bo'lgani yaxshi. (N. Normatov) 5. Mana endi, Sobirjon o'g'lim, ishlab, ro'zg'orga qarashadigan vaqtingiz bo'ldi. (Hakim Nazir)
146-mashq. So'z birikmalari tarkibidagi kelasi zamon sifatdoshlarini o'tgan va hozirgi zamon sifatdoshlariga aylantiring, so'ng ular ishtirokida gaplar tuzing.
Qaynaydigan suv, yog'adigan yomg'ir, bajariladigan ish, olinadigan ko'ylak, haydaladigan yer, miniladigan ot, yoziladigan bayon, chaqiriladigan mehmon, qilinadigan to'y, ijro etiladigan raqs, pishiriladigan ovqat.
1. Hozirgi zamon sifatdoshi qanday yasaladi?
2. Kelasi zamon sifatdoshiga misollar ayting.
3. Qurmoq, boqmoq, tikmoq fe'llaridan hozirgi va kelasi zamon sifatdoshlarini yasang.
147-mashq. Uyga vazifa. Qaytmoq, keltirmoq, ikkilanmoq, anglamoq, yanglishmoq fe'llaridan o'tgan, hozirgi va kelasi zamon sifatdoshlarini yasang va ular ishtirokida gaplar tuzing.

Yüklə 1,44 Mb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   80   81   82   83   84   85   86   87   ...   327




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin