Tashkiliy qism: A) Sinf xonasini tozaligiga e’ribor berish;
B) O’quvchilar bilan salomlashish.
C) O’quvchilarning darsga tayyorgarligini teshirish.
D) O’quvchilarni darsga jalb qilish va davomatni anilash;
E) O’quvchilarga o’tilgan mavzular yuzasidan savollar berish;
Dars uslubi: an’anaviy, noan’anaviy (tagiga chizilsin)
Dars jihozi: Darslik, kompyuter, tarqatma materiallar, ko’rgazmali qurollar...
Dars shiori:Tilga ixtiyorsiz, elga e’tiborsiz (A.Navoiy) Foydalaniladigan adabiyotlar: 1) «Ona tili» 7-sinf uchun darslik.
I. Darsning borishi: a) salomlashish
b)navbatchilik hisoboti, sinf tozaligi va davomatni nazorat qilish
c)kirish suhbati, o’quvchilarning og’zaki nutqini o’stirish
II. O’tgan mavzuni so’rash. a) individual - tarqatma materiallar, kartochka.
b) Frontal (guruh bilan ishlash)
III. Yangi mavzu: Topshiriq. Berilgan bo'lishli shakldagi sifatdoshlardan -ma yordamida bo'lishsiz sifatdoshlar hosil qiling.
Eshitgan, ko'rayotgan, kuylaydigan, oqar.
BILIB OLING. Sifatdoshning bo'lishsiz shakli fe'llardagi kabi -ma qo'shimchasi yordamida yasaladi. -(a)r qo'shimchasi bilan yasalgan sifatdoshlarga -ma qo'shimchasi qo'shilganda -r tovushi -s ga aylanadi. Masalan: kelar — kelmas.
148-mashq. O'tirmoq, chizmoq, yangilamoq, tozalamoq, sug'ormoq, suhbatlashmoq fe'llaridan sifatdoshlarning uch zamondagi bo'lishli va bo'lishsiz shakllarini hosil qiling, ular ishtirokida gaplar tuzing.
149-mashq. Gaplarni o'qing, sifatdoshlarning bo'lishli va bo'lishsiz shakllarini topib, ko'chiring.
1. Bu ovoz hali mag'zi ilimagan dalalarga, osmondagi oqimtir yulduzlarga tegib aks-sado berayotgandek tuyulardi. (A. Ko'chimov) 2. Bola boshini qo'llari orqasiga qo'yib, Boysun tog'i uzra charx urayotgan bulutlarga qarab jim qoldi. (S. Mengnorov) 3. Qoradaryo hamisha to'lib oqqan, lekin hech qachon bunday suvsiz bo'lmagan. (Qamchibek Kenja) 4. Or — bu o'ziga nomunosib yoki ep ko'rilmagan ishdan, narsadan xijolat tortish, uyalish, uyat va nomus qilish tuyg'usidir. («Vatan tuyg'ash) 5. Keng fe'l, ketmas davlat bersin.
1. Sifatdoshlarning bo'lishli va bo'lishsiz shakllari deganda nimani tushunasiz?
2. Sifatdoshlarning bo'lishsiz shakliga misollar keltiring.