dars «Ona tili» 6– “A”, “B” sinf «A» «B» Mavzu: O'zbekistonda davlat tili va boshqa tillarning rivoji



Yüklə 1,44 Mb.
səhifə90/327
tarix13.05.2023
ölçüsü1,44 Mb.
#112944
1   ...   86   87   88   89   90   91   92   93   ...   327
6-sinf ona tili yillik dars ishlanma yangi

Dars uslubi: an’anaviy, noan’anaviy (tagiga chizilsin)
Dars jihozi: Darslik, kompyuter, tarqatma materiallar, ko’rgazmali qurollar...
Dars shiori: Tilga ixtiyorsiz, elga e’tiborsiz (A.Navoiy)
Foydalaniladigan adabiyotlar:
1) «Ona tili» 7-sinf uchun darslik.
I. Darsning borishi:
a) salomlashish
b) navbatchilik hisoboti, sinf tozaligi va davomatni nazorat qilish
c) kirish suhbati, o’quvchilarning og’zaki nutqini o’stirish
II. O’tgan mavzuni so’rash.
a) individual - tarqatma materiallar, kartochka.
b) Frontal (guruh bilan ishlash)
III. Yangi mavzu:
1-topshiriq. Berilgan birikmalardagi ravishdoshning so'rog'ini aniqlang va so'rog'iga qarab ma'nolarini izohlang.
Musiqa tingach, qorong'i tushguncha, ko'rgani bormoq, yugurib kelmoq, yig'lay-yig'lay uxlamoq, qo'rqib kirmadi, qaynayvermagach olovni kuchaytirdi, suvga tikilgancha o'ylanib qoldi.


2-topshiriq. Yuqoridagi ravishdoshlarni qanday so'roqqa javob bo'lishiga qarab, quyidagi ma'no guruhlariga joylashtiring.

Holat (qanday, qanday qilib?)

Payt(qachon, qachongacha ?)

Maqsad (nima maqsadda ?)

Sabab (nima sababli?)













BILIB OLING. Ravishdoshning -(i)b, -a//-y shakllari ko'proq harakatning holatini, ba'zan payt, sababini, -gancha (-kancha, -gancha) shakli holatini, -gach, (-kach, -qach), -guncha (-kuncha, -quncha) shakllari paytini, -gani (-kani, -qani, -gali) shakli maqsadini anglatadi.
154-mashq. Quyida berilgan fe'l asoslariga -gach (-kach, qach), -guncha (-kuncha, -quncha), -gani (-kani, -qani) qo'shimchalaridan mosini qo'yib ko'chiring. Talaffuzi va imlosini tushuntiring. Ko'r, bor, ket, yig', chaq, taq, tik.
Namuna: ko'rgach, ko'rguncha, ko'rgani.
155-mashq. Biror badiiy matndan ravishdosh shakllarini topib, ularning talaffuzi va imlosini tushuntiring. Berilgan gaplardagi ravishdoshlarning ma'no turlarini aniqlang.
1. Aslida, qosh qorayguncha yetib olish kerak. (Omon Muxtor) 2. Tog'ga yetgach, qo'ylarni o'z holiga tashlab qo'ydi. (Tog'ay Murod) 2. Gapni bilib-bilmay gapirmaslik kerak. (U. Hamdamov) 2. Yodgor kelib-kelmay hasharni adog'iga yetkazdi. (G'afur G'ulom) 3. Doirani olgach, chalgani odam izlab ketdi. (N. Aminov) 4. Tog'ga chiqqach, osmonning pastligini his qildi. (Tog'ay Murod) 5. Kechga yaqinlashgach, havo aynib, shamol turdi. (Oybek)
156-mashq. Berilgan fe'l asoslariga ravishdoshning -(i)b, -a//-y, -gach, -guncha, -gani, -gancha qo'shimchalarini qo'shing va qanday ma'no o'zgarishi bo'layotganini ayting. O'tir, yoz, ter, yur, gapir, boq, yog', buk.
N a m u n a: o’tirib, o’tira-o’tira, o’tirgach, o’tirguncha, o’tirgani, o’tirgancha.
l. Payt ma'nosini bildiruvchi ravishdoshlarga misollar ayting. 2. Holat ma'nosini bildiruvchi ravishdoshlarga izoh bering. 3. Maqsad ma'nosini bildiruvchi ravishdoshlarni tavsiflang. 4. Sabab ma'nosini bildiruvchi ravishdoshlar qaysi qo'shimchalar bilan yasaladi?



Yüklə 1,44 Mb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   86   87   88   89   90   91   92   93   ...   327




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin