Dars uslubi: an’anaviy, noan’anaviy (tagiga chizilsin)
Dars jihozi: Darslik, kompyuter, tarqatma materiallar, ko’rgazmali qurollar...
Dars shiori: Tilga ixtiyorsiz, elga e’tiborsiz (A.Navoiy) Foydalaniladigan adabiyotlar: 1) «Ona tili» 6-sinf uchun darslik.
I. Darsning borishi: a) salomlashish
b) navbatchilik hisoboti, sinf tozaligi va davomatni nazorat qilish
c) kirish suhbati, o’quvchilarning og’zaki nutqini o’stirish
II. O’tgan mavzuni so’rash. III. Yangi mavzu: 1-topshiriq. Matnni o'qing. Sonlarni topib, gapdagi vazifasini aniqlang.
Bobur qo'shini Dehlidan ellik chaqirimcha shimoldagi Panipat shahriga kelib to'xtadi. Dehli sultoni Ibrohim Lo'di yuz mingga yaqin askar va bir yarim ming harbiy fil bilan Agra tomonidan yaqinlashib kelmoqda edi. Ibrohim Lo'di shu fillari va askarlari bilan bultur Dehli bo'sag'asida Olamxon, Dilovarxon va boshqa dushmanlarining qirq ming kishilik qo'shinini tor-mor keltirgan edi. Boburning qo'shini esa o'n ikki mingdan oshmasdi. (P. Qodirov)
2-topshiriq.Ajratib ko'rsatilgan so'zlarni tegishli sonlar bilan almashtiring va ularga izoh bering.
1. Chorak soat o'tmasdan hukmnomani eshittirdilar. (Cho'lpon) 2. U yarim metr joyga otilib borib o'tirib qoldi. (Said Ahmad) 3. Musayev soatiga qaradi: o'n bir yarim. Boyagina to'qqizdan sal oshgan edi. Dunyoda eng uzun narsa o'y-xayol. U o'y surib ikki soatning ikki daqiqadek tez o'tib ketganini sezmay qolibdi. (Hamid G'ulom) 4. Muhammadqodir Abdullayev nimchorak finalda amerikalik bokschi bilan ringga chiqib, uni qiyinchilik bilan mag'lubiyatga uchratdi. (Matbuotdan) 3-topshiriq. Ikki guruhga bo'lining. Birinchi guruh aytgan son ishtirokida ikkinchi guruh gap tuzsin, songa izoh bersin. O'yin galma-gal davom etadi.