Milliy va umummadaniy kompetensiya: – madaniy me’yorlarga va sog‘lom turmush tarziga hamda adabiy til me’yorlariga amal qilish.
Ijtimoiy faol fuqarolik kompetensiyasi: – guruhlarda hamkorlikda ishlay olish va bunda muomala madaniyatiga ega bo‘lish.
Dars jarayoni 1.Tashkiliy qism 4 minut
2.O’tilgan mavzuni takrorlash( mustahkamlash) 12 minut
3.Yangi mavzuni tushuntirish 10 minut
4.Yangi mavzuni mustahkamlash 14 minut
5.O’quvchilarni baholash 3 minut
6. Uyga vazifa 2 minut
Dars uslubi: an’anaviy, noan’anaviy (tagiga chizilsin)
Dars jihozi: Darslik, kompyuter, tarqatma materiallar, ko’rgazmali qurollar...
Dars shiori: Tilga ixtiyorsiz, elga e’tiborsiz (A.Navoiy) Foydalaniladigan adabiyotlar: 1) «Ona tili» 6-sinf uchun darslik.
I. Darsning borishi: a)salomlashish
b) navbatchilik hisoboti, sinf tozaligi va davomatni nazorat qilish
c) kirish suhbati, o’quvchilarning og’zaki nutqini o’stirish
II. O’tgan mavzuni so’rash. III. Yangi mavzu: 1-topshiriq. Berilgan ravishlarni tarkibiy qismlarga ajrating.
Eskicha, yangicha, o'zicha, yillab, qahramonona, qatorasiga, erkakchasiga, saharlab, vijdonan, bolalarcha.
2-topshiriq. Yuqoridagi yasovchi qo'shimchalarning tagiga chizing va bu qo'shimchalar qo'shilgan asos qismning qaysi so'z turkumlariga mansubligini ayting.
3-topshiriq. -cha, -lab, -larcha, -ona, -an, -chasiga qo'shimchalari yordamida yasalgan ravishlar qatorini tuzing.
435-mashq. Berilgan so'zlarni hozirgi o'zbek tili nuqtayi nazaridan tarkibiy qismlarga bo'lish mumkin yoki mumkin emasligini ayting.
Tubdan, to'satdan, qo'qqisdan, rostdan, birdan, kechalari, avvallari, so'ngra, kechasi, jo'rttaga.