dars «Ona tili» 6– “A”, “B” sinf «A» «B» Mavzu: O'zbekistonda davlat tili va boshqa tillarning rivoji



Yüklə 1,44 Mb.
səhifə295/327
tarix13.05.2023
ölçüsü1,44 Mb.
#112944
1   ...   291   292   293   294   295   296   297   298   ...   327
6-sinf ona tili yillik dars ishlanma yangi

Dars uslubi: an’anaviy, noan’anaviy (tagiga chizilsin)
Dars jihozi: Darslik, kompyuter, tarqatma materiallar, ko’rgazmali qurollar...
Dars shiori: Tilga ixtiyorsiz, elga e’tiborsiz (A.Navoiy)
Foydalaniladigan adabiyotlar:
1) «Ona tili» 6-sinf uchun darslik.
I. Darsning borishi:
a) salomlashish
b) navbatchilik hisoboti, sinf tozaligi va davomatni nazorat qilish
c) kirish suhbati, o’quvchilarning og’zaki nutqini o’stirish
II. O’tgan mavzuni so’rash.
III. Yangi mavzu:
1-topshiriq. Berilgan ravishlarni tarkibiy qismlarga ajrating.
Ertalab, yillab, do'stlarcha, qahramonona, fidokorona, taxminan, majburan.


2-topshiriq. Yuqoridagi yasovchi qo'shimchalar tagiga chizing va bu qo'shimchalar qo'shilgan asos qismning qaysi so'z turkumiga mansubligini ayting.


3-topshiriq. Berilgan ravishlarni tub va yasama ravishlar nomi ostida ikki guruhga ajrating.
Hamisha, doim, ataylab, aslo, galma-gal, oldin-ketin, birin-sirin, ustma-ust, do'stona, sekin-sekin, oz-oz, yoppasiga, noilojlikdan.

BILIB OLING. Ravishlar tub va yasama ravishlarga bo'linadi. Yasama ravishlar qo'shimchalar qo'shish, asos qismni juft va takror qo'llash yoki ikki asosni biriktirish yo'li bilan hosil qilinadi.


Tuzilishiga ko'ra ravishlarning sodda, qo'shma, juft va takroriy turlari farqlanadi.


431-mashq. Gaplardagi ravishlarni toping va ularning tuzilishiga ko'ra turlarini aniqlang.
1. Bu voqea xuddi kechagina bo'lgandek, ammo darrov uch yil o'tibdi. (M. Normatov) 2. Vodiylarni yayov kezganda, Bir ajib his bor edi menda. (Hamid Olimjon) 3. Qabristondan ancha uzoqlashgandan keyin yana otlariga minib yo'rtib ketishibdi. («El desa Navoiyni) 4. Keyin sal hushimni yig'ib qarasam, oyoqlarim go'yo o'zidan-o'zi yurib ketyapti. (P. Qodirov) 5. Choyni naridan-beri ichib, otxonaga yugurdim. (Abdulla Qodiriy) 6. Ulardan biri akamning qayerdaligini so'ragan edi, men ertalab uloqqa ketganligini aytdim. (Abdulla Qodiriy) 7. Ertalab chiqib ketasan, yarim kechada qaytasan. (O'. Hoshimov)

Yüklə 1,44 Mb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   291   292   293   294   295   296   297   298   ...   327




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin