O‘zini o‘zi rivojlantirish kompetensiyasi: – mustaqil o‘qib o‘rganish, doimiy ravishda o‘z-o‘zini jismoniy, ma’naviy rivojlantirish, ijodiylik ko‘nikmalarini oshirib borish.
Milliy va umummadaniy kompetensiya: – madaniy me’yorlarga va sog‘lom turmush tarziga hamda adabiy til me’yorlariga amal qilish.
Ijtimoiy faol fuqarolik kompetensiyasi: – guruhlarda hamkorlikda ishlay olish va bunda muomala madaniyatiga ega bo‘lish.
Dars jarayoni 1.Tashkiliy qism 4 minut
2.O’tilgan mavzuni takrorlash( mustahkamlash) 12 minut
3.Yangi mavzuni tushuntirish 10 minut
4.Yangi mavzuni mustahkamlash 14 minut
5.O’quvchilarni baholash 3 minut
6. Uyga vazifa 2 minut
Dars uslubi: an’anaviy, noan’anaviy (tagiga chizilsin)
Dars jihozi: Darslik, kompyuter, tarqatma materiallar, ko’rgazmali qurollar...
Dars shiori: Tilga ixtiyorsiz, elga e’tiborsiz (A.Navoiy) Foydalaniladigan adabiyotlar: 1) «Ona tili» 6-sinf uchun darslik.
I. Darsning borishi: a)salomlashish
b) navbatchilik hisoboti, sinf tozaligi va davomatni nazorat qilish
c) kirish suhbati, o’quvchilarning og’zaki nutqini o’stirish
II. O’tgan mavzuni so’rash. III. Yangi mavzu:ASOSIY ATAMALAR LUG'ATI So'z tarkibi — so'zning ma'noli qismlari yig'indisi
Tub so'z — tarkibi asos va yasovchi qo'shimchalarga bo'linmaydigan so'z
Yasama so'z — asosga so'z yasovchi qo'shimcha qo'shilishi orqali hosil bo'lgan yangi so'z
Asos — so'zning asosiy ma'nosini ifodalovchi, mustaqil qo'llanish imkoniyatiga ega bo'lgan qismi
So'z yasovchi qo'shimcha— asosga qo'shilib, yangi ma'no hosil qiluvchi qo'shimcha
Lug'aviy shakl yasovchi qo'shimcha — asosga qo'shilib, qo'shimcha ma'no hosil qiluvchi qo'shimcha